Kuzatuvchi » Siyosiy » INFRATUZILMANI RIVOJLANTIRISH INJINERING KOMPANIYASI TASHKIL ETILADI

INFRATUZILMANI RIVOJLANTIRISH INJINERING KOMPANIYASI TASHKIL ETILADI

“Maktabgacha va umumiy o'rta ta'lim sohasi obyektlarini barpo etishda buyurtmachi xizmati faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Qarori (PQ-65-son, 08.02.2024-y.) qabul qilindi.

            Qarorga ko'ra, Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligi huzurida davlat muassasasi shaklida Infratuzilmani rivojlantirish injinering kompaniyasi tashkil etiladi (Kompaniya).

2024–2026 - yillarda O'zbekistonning ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi (https://lex.uz/docs/-6721094) doirasida Kompaniya maktabgacha ta'lim tashkilotlari, umumta'lim va ixtisoslashtirilgan maktablarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta'mirlash bo'yicha buyurtmachi vazifasini bajaradi.

- Unga obyektlar uchun markazlashgan holda asosiy qurilish materiallari, jihozlar va konstruksiyalarni (qurilish jarayoni bilan bog'liq bo'lmagan mebel jihozlari va asbob-uskunalar bundan mustasno) xarid qilish huquqi beriladi.

🔍 Kompaniya obyektlarning sifatini muntazam nazorat qilib borish maqsadida hududlar kesimida har beshta obyektga kamida bitta texnik nazorat xodimini biriktiradi.

📁 Kompaniyaga mahalliy va xorijiy boshqaruvchi, maslahatchilarni (PMC – Project Management Consultancy) tender (tanlov) savdolarini o'tkazmasdan, eng yaxshi takliflar orasidan tanlab olish va to'g'ridan-to'g'ri shartnoma tuzish orqali jalb qilish huquqi beriladi.

 

J.OTAJONOV,

Urganch tuman adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshligʻi.

 

Boshqa maqolalar

ISHLAB CHIQARISH TA’LIMI SHARTNOMASI NIMA?

personmaftuna 11-12-24, 11:34
0 ISHLAB CHIQARISH TA’LIMI SHARTNOMASI NIMA?

Mehnat munosabatlariga kirishayotgan har bir shaxs mehnatga doir qonunchilik bilan yuzlashadi. Mazkur munosabatlarning...

МАРКАЗИЙ БАНК АСОСИЙ СТАВКАНИ ЙИЛЛИК 14 ФОИЗ ДАРАЖАСИДА

personmaftuna 28-05-24, 03:34
0 МАРКАЗИЙ БАНК АСОСИЙ СТАВКАНИ ЙИЛЛИК 14 ФОИЗ ДАРАЖАСИДА САҚЛАБ ҚОЛДИ

Иқтисодиётдаги инфляцион жараёнларга фундаментал монетар омиллар таъсири босқичма-босқич камайиб бормоқда. Шу билан...

FIRMA NOMIDA QANDAY PRINSIPLARGA ZID BO‘LGAN BELGILAR

personmaftuna 29-06-24, 09:13
0 FIRMA NOMIDA QANDAY PRINSIPLARGA ZID BO‘LGAN BELGILAR KO‘RSATILMASLIGI KERAK?

O‘zbekiston Respublikasi “Firma nomlari to‘g‘risida”gi Qonunining 4-moddasiga (https://lex.uz/docs/-1055517) asosan...

menu
menu