YOSHLAR ISHLARI AGENTLIGI VAZIRLAR MAHKAMASI TASARRUFIGA OʻTKAZILDI
Prezidentning PF-18-sonli «Yoshlar siyosati va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Farmoni qabul qilindi.
Yoshlar ishlari agentligi Yoshlar siyosati va sport vazirligi tizimidan Vazirlar Mahkamasi tasarrufiga oʻtkazildi.
Yoshlar siyosati va sport vazirligi negizida Sport vazirligi tashkil etildi.
Sport vazirligi hamda Yoshlar ishlari agentligi tegishligi boʻyicha Yoshlar siyosati va sport vazirligining huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari, shu jumladan хalqaro shartnomalari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
Sportni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi Sport vazirligi hamda uning tizimidagi byudjet tashkilotlari huzurida, Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi Yoshlar ishlari agentligi va uning hududiy boʻlinmalari hamda Yoshlar muammolarini oʻrganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti huzurida mablagʻlarni shakllantirish va ulardan foydalanishning amaldagi tartibini toʻliq saqlab qolgan holda yuridik shaхs maqomiga ega boʻlmagan byudjetdan tashqari jamgʻarma sifatida faoliyat yuritadi.
Sport sohasiga hamda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga bevosita yoki bilvosita ta’sir qiladigan normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari, shuningdek, Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan barpo etiladigan yoshlarga oid infratuzilma sport ob’yektlari va inshootlarning loyiha hujjatlari tegishlicha Sport vazirligi va Yoshlar ishlari agentligi bilan majburiy ravishda kelishiladi.
J.ABDUKARIMOV,
Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
САВОЛ БЕРИНГ ЖАВОБ БЕРАМИЗ
personmaftuna 31-07-24, 03:07Мен давлат ташкилотида ишлайман. Турмуш ўртоғим ҳеч қаерда ишламайди. Турмуш ўртоғим учун Пенсия жамғармасига ижтимоий...
AGROSANOAT SOHASIDA YANGI BOZOR MEXANIZMLARI JORIY ETILADI
personmaftuna 26-12-24, 13:07“Respublikada agrosanoat sohasiga yangi bozor mexanizmlarini joriy etish hamda sanoatlashgan bog' va tokzorlarni barpo...
ER VA XOTINNING NIKOH DAVOMIDA ORTTIRGAN MOL-MULKLARI
personmaftuna 24-01-24, 03:02Er va xotinning nikoh davomida orttirgan mol-mulklari ularning birgalikdagi umumiy mulki hisoblanadi. Shunga ko'ra,...