YURIDIK SHAXSLARNING TURLARI
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 40-moddasiga ko`ra, foyda olishni o‘z faoliyatining asosiy maqsadi qilib olgan (tijoratchi tashkilot) yoki foyda olishni ana shunday maqsad qilib olmagan tashkilot (tijoratchi bo‘lmagan tashkilot) yuridik shaxs bo‘lishi mumkin.
Tijoratchi tashkilot bo‘lgan yuridik shaxs xo‘jalik shirkati va jamiyati, ishlab chiqarish kooperativi, unitar korxona va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqacha shaklda tuzilishi mumkin.
Tijoratchi tashkilot bo‘lmagan yuridik shaxs jamoat birlashmasi, ijtimoiy fond va mulkdor tomonidan moliyaviy ta’minlab turiladigan muassasa shaklida, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqacha shaklda tashkil etilishi mumkin.
Tijoratchi bo‘lmagan tashkilot o‘zining ustavda belgilangan maqsadlariga mos keladigan doiralarda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi mumkin.
Yuridik shaxslar uyushmalar (ittifoqlar)ga va boshqa birlashmalarga Qonunga muvofiq birlashishlari mumkin.
Yuridik shaxs ushbu Kodeks, boshqa qonunchilik hujjatlari, shuningdek ustav va boshqa ta’sis hujjatlari asosida ish olib boradi.
Tursunboy URAZBAYEV,
Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
ЁШЛАРНИНГ ХАЛҚАРО IT-СЕРТИФИКАТЛАРНИ ОЛИШ ХАРАЖАТЛАРИНИ
personmaftuna 09-03-24, 00:56Ҳукумат қарори (95-сон, 17.02.2024 й.) билан “Ёшларнинг халқаро IT-сертификатларни олиш харажатларини қоплаб бериш...
BOLANING MEROSGA BO‘LGAN HUQUQI
personmaftuna 19-01-24, 17:24Vorislik – shaxsning vafotidan keyin unga xususiy mulk asosda tegishli bo‘lgan mol-mulkning, shuningdek meros...
TADBIRKORLARDAN 8 TURDAGI HISOBOTLARNI TALAB QILISH BEKOR
personmaftuna 19-11-24, 21:46“Tadbirkorlik subyektlari tomonidan davlat organlariga hisobot va statistik ma’lumotlarni taqdim etish jarayonlarini...