Kuzatuvchi » Siyosiy » FUQAROLARNING HUQUQ LAYOQATI DEGANDA NIMANI TUSHUNASIZ?

FUQAROLARNING HUQUQ LAYOQATI DEGANDA NIMANI TUSHUNASIZ?

         O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 17-moddasiga ko`ra, agar barcha fuqarolarning fuqarolik huquq va burchlariga ega bo‘lish layoqati (huquq layoqati) teng ravishda e’tirof etiladi.

           Fuqaroning huquq layoqati u tug‘ilgan paytdan e’tiboran vujudga keladi va vafot etishi bilan tugaydi.

      Fuqarolar mulk huquqi asosida mol-mulkka ega bo‘lishlari; mol-mulkni meros qilib olishlari va vasiyat qilib qoldirishlari; bankda jamg‘armalarga ega bo‘lishlari; tadbirkorlik, dehqon (fermer) xo‘jaligi bilan hamda qonunda taqiqlab qo‘yilmagan boshqa faoliyat bilan shug‘ullanishlari; yollanma mehnatdan foydalanishlari; yuridik shaxslar tashkil etishlari; bitimlar tuzishlari va majburiyatlarda ishtirok etishlari; yetkazilgan zararning to‘lanishini talab qilishlari; mashg‘ulot turini va yashash joyini tanlashlari; fan, adabiyot va san’at asarlarining, ixtironing, qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa intellektual faoliyat natijalarining muallifi huquqiga ega bo‘lishlari mumkin.

           Fuqarolar boshqa mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarga ham ega bo‘lishlari mumkin.

 

Tursunboy URAZBAYEV,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

 

Boshqa maqolalar

MAKTABLARDA HUQUQ SINFLARI TASHKIL QILINADI

personmaftuna 30-09-24, 07:18
0 MAKTABLARDA HUQUQ SINFLARI TASHKIL QILINADI

“Davlat ta'lim muassasalarida yuridik ta'limning uzluksiz tizimini joriy etish hamda voyaga yetmagan yoshlarning...

ҲАФТАНИНГ ҲАР ПАЙШАНБА КУНИ ЖИСМОНИЙ ТАРБИЯ ВА СПОРТ КУНИ

personmaftuna 30-01-25, 01:38
0 ҲАФТАНИНГ ҲАР ПАЙШАНБА КУНИ ЖИСМОНИЙ ТАРБИЯ ВА СПОРТ КУНИ СИФАТИДА БЕЛГИЛАНДИ

“Ёшларнинг спорт билан мунтазам шуғулланиши учун қўшимча шарт-шароитлар яратиш тўғрисида”ги Президент қарори...

YANGI YUK TASHUVCHI TRANSPORTLAR UTILIZATSIYA YIG‘IMIDAN

personmaftuna 22-03-24, 00:30
0 YANGI YUK TASHUVCHI TRANSPORTLAR UTILIZATSIYA YIG‘IMIDAN OZOD ETILADI

Bundan tashqari, ularni import qilishda kelasi yilgacha bojxona boji stavkasi 5% miqdorida belgilanadi. Yangi yuk...

menu
menu