Kuzatuvchi » Siyosiy » FUQARONI VAFOT ETGAN DEB E’LON QILISH

FUQARONI VAFOT ETGAN DEB E’LON QILISH

        O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 36-moddasiga ko`ra, agar fuqaroning qayerda turganligi haqida uning yashash joyida uch yil mobaynida ma’lumot bo‘lmasa, basharti u o‘lim xavf solib turgan yoki muayyan baxtsiz hodisadan halok bo‘lgan deb taxmin qilish uchun asos bo‘ladigan vaziyatlarda bedarak yo‘qolgan bo‘lib, uning qayerdaligi haqida olti oy mobaynida ma’lumotlar bo‘lmasa, manfaatdor shaxslarning arizasiga muvofiq sud uni vafot etgan deb e’lon qilishi mumkin.

         Harbiy harakatlar munosabati bilan bedarak yo‘qolgan harbiy xizmatchi yoki boshqa fuqaro harbiy harakatlar tamom bo‘lgan kundan e’tiboran kamida ikki yil o‘tgandan keyin sud tomonidan vafot etgan deb e’lon qilinishi mumkin.

         Sudning fuqaroni vafot etgan deb e’lon qilish haqidagi qarori qonuniy kuchga kirgan kun vafot etgan deb e’lon qilingan fuqaroning o‘lgan kuni deb hisoblanadi. O‘lim xavf solib turgan yoki muayyan baxtsiz hodisadan halok bo‘lgan deb taxmin qilish uchun asos bo‘ladigan vaziyatlarda bedarak yo‘qolgan fuqaro vafot etgan deb e’lon qilingan taqdirda, sud uning taxmin qilingan halokat kunini ushbu fuqaroning o‘lgan kuni deb topishi mumkin.

         Fuqaroni vafot etgan deb e’lon qilish bunday fuqaroning huquq va burchlari borasida uning o‘limi olib kelishi mumkin bo‘lgan oqibatlarni vujudga keltiradi

 

Tursunboy URAZBAYEV,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

Boshqa maqolalar

БОЛАНИ 2 ВА 3 ЁШГА ТЎЛГУНИГА ҚАДАР ПАРВАРИШЛАШ ТАЪТИЛЛАРИ

personmaftuna 30-05-24, 12:46
0 БОЛАНИ 2 ВА 3 ЁШГА ТЎЛГУНИГА ҚАДАР ПАРВАРИШЛАШ ТАЪТИЛЛАРИ

Ҳомиладорлик ва туғиш таътили тугаганидан кейин, аёл ходимнинг хоҳишига кўра, унга боласи 2 ёшга тўлгунига қадар...

YOSHLAR YETAKCHISINING OYLIK ISH HAQI MIQDORI U

personmaftuna 14-05-24, 02:06
0 YOSHLAR YETAKCHISINING OYLIK ISH HAQI MIQDORI U BIRIKTIRILGAN MAHALLADAGI XONADONLAR SONIGA MUTANOSIB RAVISHDA QUYIDAGICHA BELGILANGAN

Xonadonlar soni 500 tagacha bo‘lgan mahallada — mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 5 baravari miqdorida; -...

MILLIY TEХNIK MALAKANI BAHOLASH VA MALAKA OSHIRISH MARKAZI

personmaftuna 03-06-24, 02:14
0 MILLIY TEХNIK MALAKANI BAHOLASH VA MALAKA OSHIRISH MARKAZI TASHKIL ETILADI

Vazirlar Mahkamasining 06.05.2024 - yildagi “Koreya хalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) granti asosida milliy teхnik...

menu
menu