Kuzatuvchi » Siyosiy » FUQARONI MUOMALAGA LAYOQATSIZ DEB TOPISH HAMDA FUQARONING MUOMALA LAYOQATINI CHEKLASH TUSHUNCHALARI

FUQARONI MUOMALAGA LAYOQATSIZ DEB TOPISH HAMDA FUQARONING MUOMALA LAYOQATINI CHEKLASH TUSHUNCHALARI

       O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 30-moddasiga asosan, ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi oqibatida o‘z harakatlarining ahamiyatini tushuna olmaydigan yoki ularni boshqara olmaydigan fuqaroni sud qonunchilikda belgilab qo‘yilgan tartibda muomalaga layoqatsiz deb topishi mumkin va bunday fuqaroga vasiylik belgilanadi.

        Muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqaro nomidan bitimlarni uni vasiyi amalga oshiradi.

      Fuqaroning muomalaga layoqatsiz deb topilishiga sabab bo‘lgan asoslar bekor bo‘lsa, sud uni muomalaga layoqatli deb topadi va unga belgilangan vasiylikni bekor qiladi.

       Shuningdek, mazkur Kodeksning 31-moddasiga ko`ra, Spirtli ichimliklarni yoki giyohvandlik vositalarini suiiste’mol qilish natijasida o‘z oilasini og‘ir moddiy ahvolga solib qo‘yayotgan fuqaroning muomala layoqati sud tomonidan fuqarolik protsessual qonunchiligida belgilangan tartibda cheklab qo‘yilishi mumkin. Unga homiylik belgilanadi. Bunday fuqaro mayda maishiy bitimlarni mustaqil tuzish huquqiga ega. U boshqa bitimlarni homiyning roziligi bilangina tuzishi, shuningdek ish haqi, pensiya va boshqa daromadlar olishi hamda ularni tasarruf etishi mumkin. Biroq bunday fuqaro o‘zi tuzgan bitimlar bo‘yicha va yetkazgan zarari uchun mustaqil ravishda mulkiy javobgar bo‘ladi.

            Fuqaroning muomala layoqati cheklanishiga sabab bo‘lgan asoslar bekor bo‘lsa, sud uning muomala layoqatini cheklashni bekor qiladi. Fuqaroga belgilangan homiylik sud qarori asosida bekor qilinadi

 

Ixlosbek ESHCHANOV, 

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

 

Boshqa maqolalar

ФУҚАРОЛАР ЎЗ ҲУҚУҚ ВА МАНФААТЛАРИНИ БУЗАЁТГАН МАНСАБДОР

personmaftuna 27-01-24, 23:35
0 ФУҚАРОЛАР ЎЗ ҲУҚУҚ ВА МАНФААТЛАРИНИ БУЗАЁТГАН МАНСАБДОР ШАХСЛАР ҚАРОРЛАРИ УСТИДАН МАЪМУРИЙ СУДГА МУРОЖААТ ҚИЛГАНДА ДАВЛАТ БОЖИ ТЎЛАМАЙДИ

Президент томонидан имзоланган қонун (ЎРҚ–897-сон, 16.01.2024 й.) билан “Давлат божи тўғрисида”ги қонунга ўзгартириш ва...

NOGIRONLIKNI ELEKTRON TARZDA BELGILASH TARTIBI YO'LGA

personmaftuna 24-07-24, 20:03
0 NOGIRONLIKNI ELEKTRON TARZDA BELGILASH TARTIBI YO'LGA QO'YILADI

“Nogironlikni belgilash tizimini takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident Qarori...

DORILARNING POSTMARKETING NAZORATI QANDAY O‘TKAZILADI?

personmaftuna 21-02-25, 09:42
0 DORILARNING POSTMARKETING NAZORATI QANDAY O‘TKAZILADI?

O ‘ zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 04.10.2024-yildagi VMQ-628-sonli qarori bilan “Farmatsevtika...

menu
menu