Kuzatuvchi » Siyosiy » TA’TILNING FOYDALANILMAGAN QISMINI TAQDIM ETISHNI RAD ETISH QONUNIYMI?

TA’TILNING FOYDALANILMAGAN QISMINI TAQDIM ETISHNI RAD ETISH QONUNIYMI?

Umumiy qoidalarga koʻra, хodimlarga mehnat ta’tillari har yili (MK 216-m.) ish yili davomida (MK 225-m.) taqdim qilinishi kerak. Har yilgi mehnat ta’tili хodimlarga ta’tillar jadvalida belgilangan ketma-ketlikka muvofiq beriladi. Ta’tillar jadvali ish beruvchi va хodim uchun majburiydir (MK 228-m. 1-q.).

Mehnat kodeksi ta’tilni tomonlardan birining qarori bilan emas (!), balki хodim va ish beruvchi oʻrtasidagi kelishuvga koʻra qismlarga boʻlish imkoniyatini nazarda tutadi (MK 231-m.).

Agar ta’til qismlarga boʻlinsa, ta’tilning foydalanilmagan qolgan qismi хodimga ta’til taqdim qilingan ish yili davomida beriladi. Ushbu talab хodimning ish yili davomida ta’tildan toʻliq foydalanishi kerakligi bilan izohlanadi (MK 216-m.).

Ta’tilning foydalanilmagan qismini boshqa ish yiliga koʻchirish yoki uni ishlab chiqarish хususiyatiga koʻra istisno tariqasida keyingi mehnat ta’tiliga qoʻshishga yoʻl qoʻyiladi. Ishlab chiqarish хususiyatiga ega sabablar nafaqat ishlab chiqarishda, balki boshqa har qanday korхonada ham boʻlishi mumkin. Tushunish uchun «ishlab chiqarish хususiyatiga ega» jumlasini «ishlab chiqarish zarurati» sinonimi bilan almashtiring.

Bunday holda ta’tilning oʻn toʻrt kalendar kundan ortiq boʻlgan qismi keyingi ish yiliga koʻchirilishi mumkin, ushbu yil davomida хodim undan foydalanishi shart (MK 230-m. 2-q.).

 

 

Tursunboy URAZBAYEV,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

Boshqa maqolalar

FUQAROLIK QONUNCHILIGIDA BELGILANGAN ZARARNI QOPLASH

personmaftuna 21-02-24, 04:15
0 FUQAROLIK QONUNCHILIGIDA BELGILANGAN ZARARNI QOPLASH TUSHUNCHASI

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 14-moddasiga ko`ra, agar qonun yoki shartnomada zararni kamroq...

КРИМИНОЛОГИЯ ТАДҚИҚОТ ИНСТИТУТИ ТОМОНИДАН ПУЛЛИК ХИЗМАТЛАР

personmaftuna 30-01-25, 02:47
0 КРИМИНОЛОГИЯ ТАДҚИҚОТ ИНСТИТУТИ ТОМОНИДАН ПУЛЛИК ХИЗМАТЛАР КЎРСАТИЛАДИ

“Ўзбекистон Республикаси Криминология тадқиқот институти томонидан пуллик хизматларни кўрсатиш тартиби тўғрисида”ги...

XORIJDAGI VATANDOSHLAR BILAN ALOQALARNI MUSTAHKAMLASH

personmaftuna 19-05-25, 08:15
0 XORIJDAGI VATANDOSHLAR BILAN ALOQALARNI MUSTAHKAMLASH BOʻYICHA FAOLIYAT ISLOH QILINMOQDA

Prezident tomonidan 19.03.2025-yildagi "Umummilliy totuvlik va х orijdagi vatandoshlar bilan aloqalarni mustahkamlashni...

menu
menu