QAYSI TOIFADAGI SHAXSLAR XUSUSIY PULLIK TIBBIYOT MUASSASALARIDA TIBBIY XIZMATNI BEPUL OLISHLARI MUMKIN?
Xususiy tibbiyot muassasalari tomonidan aholining quyidagi ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga (stomatologiya va kosmetologiya xizmatlaridan tashqari) bepul tibbiy xizmatlar ko‘rsatiladi:
o‘zgalarning parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar va yolg‘iz yashovchi keksalar;
I va II guruh nogironlari, nogiron bolalar;
muomalaga layoqatsiz va muomala layoqati cheklangan fuqarolar;
ijtimoiy ahamiyatga molik kasalliklarga chalingan shaxslar;
etim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar;
1941–1945-yillardagi urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek ularga tenglashtirilgan shaxslar;
1941–1945-yillardagi urush davrida mehnat jabhasining qatnashchilari;
qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ijtimoiy himoyaga muhtoj deb topilgan boshqa shaxslar.
Xususiy tibbiyot muassasalari tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga bepul tibbiy xizmatlar ko‘rsatish uchun ularning shaxsini va ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamga mansubligini tasdiqlovchi hujjatlarining mavjudligi asos bo‘ladi.
Ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga ko‘rsatiladigan bepul tibbiy xizmatlarning turlari va hajmi tibbiy faoliyatni amalga oshirish uchun berilgan litsenziyada ko‘rsatilgan ixtisosliklar doirasida tashxis qo‘yish va davolash imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda xususiy tibbiyot muassasalari tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi.
Asossiz rad etilgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga (1003) murojaat qilishingiz mumkin.
Xusin ISKANDAROV,
Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i.
Boshqa maqolalar
TOʻLIQ MODDIY JAVOBGARLIK TOʻGʻRISIDAGI SHARTNOMA QANDAY
personmaftuna 20-03-24, 06:472023-yil 13-iyunda хodim yoki jamoaning (brigadaning) toʻliq moddiy javobgarligi toʻgʻrisida shartnoma tuzish boʻyicha...
MAKTABLARDA "HUQUQIY SINFLAR" TASHKIL ETILADI
personmaftuna 25-09-24, 00:07O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 27.08.2024-yildagi "Davlat ta’lim muassasalarida uzluksiz huquqiy...
ЖАЗОДАН ОЗОД ҚИЛИНГАН ШАХС СУДЛАНГАН ҲИСОБЛАНАДИМИ?
personmaftuna 27-03-24, 00:54Судланганлик шахснинг содир этган жинояти учун ҳукм этилганлигидан келиб чиқадиган ҳуқуқий ҳолати эканлиги Жиноят...