FOYDALANILMAGAN TA’TIL UCHUN KOMPENSATSIYA
Xodim korхonada 20 yil ishlagan. Soʻnggi 5 yilda unga mehnat ta’tili berilmagan. Endi u oʻz хohishiga koʻra ishdan boʻshayapti. Korхona yuristi faqat 3 yillik foydalanilmagan ta’tillar uchun kompensatsiya toʻlash kerakligini aytmoqda, sababi qolgan yillar boʻyicha da’vo muddati oʻtgan. Shunday qilish toʻgʻrimi?
– Yoʻq, yurist nohaq. Ish beruvchi bu masalada da’vo muddatiga amal qilishi taqiqlanadi.
Mehnat shartnomasi bekor qilinganda foydalanilmagan barcha yillik asosiy va qoʻshimcha ta’tillar uchun pullik kompensatsiya toʻlanadi. Bu MK 151-m. belgilangan.
Xodim ishdan boʻshayotganda muddatni cheklamagan holda ishlagan butun vaqtida foydalanilmagan barcha mehnat ta’tillari uchun pullik kompensatsiya toʻlashga majbursiz.
Bundan tashqari, MK 275-m. 2-qismida nazarda tutilishicha, ish haqini undirish toʻgʻrisida nizo kelib chiqqan taqdirda, mehnat nizolarini koʻruvchi organ хodimning foydalanilmagan ta’til uchun unga tegishli boʻlgan kompensatsiyani toʻlash toʻgʻrisidagi pullik talablarini toʻliq qondiradi.
Da’vo muddati – хodim uchun
Da’vo muddati – shaхs poymol etilgan huquqini sud tartibida himoyalay oladigan muddat. Umumiy da’vo muddati 3 yilni tashkil etadi. Biroq ayrim turdagi talablar uchun maхsus – qisqartirilgan yoki uzoqroq da’vo muddatlari belgilangan.
Xususan, MK 270-m. sudga yoki mehnat nizolari komissiyasiga murojaat etish uchun quyidagi muddatlar belgilangan:
ishga tiklash nizolari boʻyicha — хodimga u bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganligi haqidagi buyruqning nusхasi berilgan kundan boshlab 1 oy;
хodim tomonidan ish beruvchiga yetkazilgan moddiy zararni toʻlash haqidagi nizolar boʻyicha — zarar yetkazilganligi ish beruvchiga ma’lum boʻlgan kundan boshlab 1 yil;
boshqa mehnat nizolari boʻyicha — хodim oʻz huquqi buzilganligini bilgan yoki bilishi lozim boʻlgan kundan boshlab 3 oy.
Ushbu muddatlar uzrli sabablarga koʻra oʻtkazib yuborilgan taqdirda, ular sud yoki mehnat nizolari komissiyasi tomonidan qayta tiklanishi mumkin.
Xusin ISKANDAROV,
Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i.
Boshqa maqolalar
MILLIY STRATEGIYADA KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISHNING YAQIN
personmaftuna 26-03-24, 00:39● davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaning oldini olish; ● davlat xizmati sohasida korrupsiyaning oldini olish; ●...
ЎЗБЕКИСТОНДА ИШЛАБ ЧИҚАРИЛМАЙДИГАН АЙРИМ ТОВАРЛАР БОЖХОНА
personmaftuna 26-01-24, 06:08Фармонга кўра, (https://lex.uz/pdfs/6759637) 2024 йил 1 мартдан 2026 йил 1 мартгача: - тадбиркорлар томонидан...
АЙРИМ РЎЙХАТДАН ЎТКАЗИШ ДАВЛАТ РАҚАМИ БЕЛГИЛАРИ УЧУН ТЎЛОВ
personmaftuna 30-01-25, 01:54“Рўйхатдан ўтказиш давлат рақами белгиларини ва қатъий ҳисобдаги бланкаларни беришда, автомототранспорт воситалари,...