Kuzatuvchi » Siyosiy » OLIY TA’LIM MUASSASALARINING BAKALAVRIATIGA TALABALARNI O‘QISHGA QABUL QILISH TARTIBI TO‘G‘RISIDA

OLIY TA’LIM MUASSASALARINING BAKALAVRIATIGA TALABALARNI O‘QISHGA QABUL QILISH TARTIBI TO‘G‘RISIDA

Oliy ta’lim muassasalariga talabalarni qabul qilish  barcha uchun, ya’ni  grantlar va   to‘lov-kontrakt bo‘yicha ham teng huquqlilik, yagona tanlov asosida amalga oshirilib, test sinovlarida eng yuqori ball to‘plagan abituriyentlarning davlat grantlari bo‘yicha birinchi navbatda qabul qilinish huquqi ta’minlanadi. Qolgan abituriyentlar test ballari reytingi asosida belgilangan to‘lov-kontrakt kvotalari doirasida qabul qilinish huquqiga egadirlar.

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qaroriga muvofiq,  Oliy ta’lim muassasalarining kunduzgi, sirtqi, maxsus sirtqi va kechki (smenali) ta’lim shakllariga talabalarni qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi  tomonidan kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra to‘plangan ballarning reyting tizimi bo‘yicha amalga oshiriladi.

Abituriyentlarga oliy ta’lim muassasalarining uchtagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishida tanlovda ishtirok etish huquqi beriladi. Test sinovlari uch tilda — o‘zbek, rus, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududidagi oliy ta’lim muassasalarida qoraqalpoq tillarida o‘tkaziladi.

M.SADIKOVA,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.   

 

 

Boshqa maqolalar

INTELLEKTUAL MULK HUQUQLARI BUZILISHIGA OID XULOSA QANDAY

personmaftuna 29-09-24, 21:22
0 INTELLEKTUAL MULK HUQUQLARI BUZILISHIGA OID XULOSA QANDAY TARTIBDA BERILADI?

Adliya vazirining «Intellektual mulk to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablari buzilishi holatlari yuzasidan...

XODIMGA QAT’IY HAYFSAN E’LON QILISH MUMKINMI?

personmaftuna 24-03-24, 17:51
0 XODIMGA QAT’IY HAYFSAN E’LON QILISH MUMKINMI?

Odatda, aksariyat tashkilotlar oʻz х odimlarini umumiy intizomiy javobgarlikka tortish huquqiga ega, ya’ni ularga faqat...

FERMERLARGA FERMERLAR KENGASHIGA A'ZO BO‘LISHNING

personmaftuna 07-02-25, 13:49
0 FERMERLARGA  FERMERLAR KENGASHIGA A'ZO BO‘LISHNING MAJBURIYLIGI BEKOR BO‘LISHGA QADAMLAR TASHLANGAN

Xabaringiz bor 2024-yil 9-oktabrdagi O‘RQ-973-son Qonun bilan yer kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi....

menu
menu