Kuzatuvchi » Siyosiy » FUQAROLARNING O‘ZINI O‘ZI BOSHQARISH ORGANLARI

FUQAROLARNING O‘ZINI O‘ZI BOSHQARISH ORGANLARI

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari yuridik shaxs sifatida fuqarolik-huquqiy munosabatlarning qatnashchilaridir.

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 78-moddasida Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari yaratgan yoki sotib olgan mol-mulk ularning mulkidir deb belgilangan. 

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining huquqiy mavqeyi qonunchilik bilan belgilanadi.

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida 22.04.2013-yildagi O‘zbekiston Respublikasi 350-son Qonuninig 4-moddasiga asosan, Fuqarolar shaharchalarda, qishloqlarda, ovullarda, shuningdek shaharlardagi, shaharchalardagi, qishloqlardagi va ovullardagi mahallalarda o‘zini o‘zi boshqarishga doir o‘z konstitutsiyaviy huquqini fuqarolarning saylov huquqlari kafolatlariga muvofiq fuqarolar yig‘inlari (fuqarolar vakillarining yig‘ilishlari) orqali amalga oshiradi.

Fuqarolar jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar, bevosita yoki o‘zlarining saylanadigan vakillari orqali o‘zini o‘zi boshqarishda teng huquqlarga ega.

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarishga doir huquqlarini cheklash taqiqlanadi.

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatiga davlat organlarining va ular mansabdor shaxslarining aralashuviga yo‘l qo‘yilmaydi.

 

M.SADIKOVA,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.   

 

Boshqa maqolalar

БИЛАСИЗМИ?

personmaftuna 29-03-24, 06:52
0 БИЛАСИЗМИ?

Президент қарори (ПҚ-85-сон, 24.02.2024 й.) билан айрим норматив ҳуқуқий ҳужжатларга қўшимчалар киритилди. “Заргарлик...

. “MENING BOGʻIM” LOYIHASI QANDAY MOLIYALASHTIRILADI?

personmaftuna 15-05-24, 01:42
0 . “MENING BOGʻIM” LOYIHASI QANDAY MOLIYALASHTIRILADI?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 26.03.2024-yildagi 156-son qarori bilan jamoatchilik fikri asosida...

HUDUDLARDA “IT-SHAHARCHA”LAR TASHKIL ETILADI

personmaftuna 01-06-24, 02:48
0 HUDUDLARDA “IT-SHAHARCHA”LAR TASHKIL ETILADI

Prezidentning 15.05.2024 - yildagi “Hududlarda yoshlarga raqamli te х nologiyalar va х orijiy tillarni oʻrganish uchun...

menu
menu