BITIRUVCHISI IT-XIZMATLARNI EKSPORT QILUVCHI TASHKILOTGA ISHGA JOYLASHGAN NTTGA BIR MARTALIK SUBSIDIYA AJRATILADI
“Raqamlashtirish sohasida malakali mutaxassislar tayyorlash faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–51-son, 01.02.2024-y.) qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, 2024-yil 1- martdan quyidagilar joriy etiladi:
- nodavlat taʼlim tashkilotlariga bitiruvchisi IT-xizmatlarni eksport qiluvchi tashkilotga ishga joylashganda BHMning 75 baravarigacha, nogironligi bo‘lgan yosh bitiruvchisi bunday tashkilotga ishga joylashgan hollarda esa 105 baravarigacha bir martalik subsidiya ajratish tizimini nazarda tutuvchi dastur;
- xalqaro IT-sertifikatlarga ega yoshlarning o‘qish hamda ushbu sertifikatlarni olish xarajatlarining 60 foizgacha qismini qoplab berish tartibi;
- ingliz tilini bilish bo‘yicha B2 va undan yuqori darajadagi sertifikatga ega yoshlarning xalqaro IT-sertifikatlar olish xarajatlarini to‘liq qoplab berish tartibi.
Shunga ko‘ra, subsidiya olish hamda xalqaro IT-sertifikatlarga ega yoshlarning o‘qish va ushbu sertifikatlarni olish xarajatlarini qoplab berish bo‘yicha davlat xizmatlari Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali bepul ko‘rsatiladi.
Raisa TIMOFEYEVA,
Qo‘shko‘pir tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
ТУРАР ВА НОТУРАР ЖОЙ ОБЪЕКТЛАРИНИ УЛУШ КИРИТИШ АСОСИДА
personmaftuna 17-03-25, 11:14“Уй-жой қурилиши соҳасини янада ривожлантириш, турар ва нотурар жой объектларини улуш киритиш асосида қуриш жараёнини...
ER-XOTINNING SHAXSIY HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
personmaftuna 01-05-24, 11:01Nikoh FHDYo organida ro’yxatga olingan paytdan boshlab nikohni tuzganlar er-xotin deb hisoblanadilar va ular o’rtasida...
ПРЕЗИДЕНТ ТОМОНИДАН “ЭЛЕКТР ЭНЕРГЕТИКАСИ ТЎҒРИСИДА”ГИ ҚОНУН
personmaftuna 15-12-24, 18:00Қонун электр энергетикаси соҳасидаги муносабатларни тартибга солади. Электр энергетикаси соҳасини давлат томонидан...