PEDAGOG KADRLARNI KASBIY SERTIFIKATLASH BO'YICHA DAVLAT XIZMATLARI KO'RSATILADI
Hukumat qarori (87-son, 12.02.2024-y) bilan “Davlat umumiy o'rta ta'lim tashkilotlari pedagog kadrlarini kasbiy sertifikatlash bo'yicha davlat xizmatlarini ko'rsatishning ma'muriy reglamenti” tasdiqlandi.
Unga ko'ra, pedagogik kasbga birinchi marta ishga qabul qilinadigan oliy ma'lumotli talabgorlar stajyor-o'qituvchi sifatida faoliyat yuritadi va ular ishga qabul qilingan vaqtdan boshlab 1 yil muddat davomida kasbiy sertifikatga ega bo'lishi talab etiladi.
Kasbiy sertifikatlash jarayoniga talabgor o'z muddatida jalb etilishi uchun u faoliyat ko'rsatayotgan davlat umumiy o'rta ta'lim tashkilotining rahbari mas'ul hisoblanadi.
Talabgor nazorat sinovida qatnashish uchun so'rovnomani davlat xizmatlari markazlariga shaxsan borib yoki YAIDXP (my.gov.uz)da to'ldirgan holda ro'yxatdan o'tadi.
Birinchi marta kasbiy sertifikat olish bo'yicha nazorat sinovida ishtirok etish uchun talabgordan to'lov undirilmaydi.
Kasbiy sertifikat olish uchun nazorat sinovi qoida tariqasida, har yili mart – may oylarida test shaklida o'tkaziladi.
Nazorat sinovi natijasi bo'yicha 56 va undan yuqori ball to'plagan talabgor nazorat sinovidan o'tgan hisoblanadi va elektron shakldagi sertifikat uning shaxsiy kabinetiga yuboriladi.
Navbatdan tashqari nazorat sinovida ishtirok etib, yetarli ball to'play olmagan talabgor bilan tuzilgan mehnat shartnomasi mehnat qonunchiligida belgilangan tartibda bekor qilinadi.
Raisa TIMOFEYEVA,
Qo‘shko‘pir tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИГИГА МЎЛЖАЛЛАНГАН ЕР УЧАСТКАЛАРИНИ ҚАЙТА ИЖАРА
personmaftuna 29-03-24, 06:00Қонунчиликка кўра, қишлоқ хўжалигига мўлжалланган ер участкалари ижарачиларига ижарага берилган ер участкалари бўйича...
KO‘CHMAS MULKNI RO‘YXATDAN O‘TKAZISHDA NIZOLARNI SUDGA
personmaftuna 19-09-24, 00:23Vazirlar Mahkamasining 29.08.2023-yil kungi 426-son qarori bilan Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan...
TOSHKENTDA BESHINCHI PARAOSIYO OʻYINLARI OʻTKAZILADI
personmaftuna 03-05-24, 00:39O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 13.04.2024-yildagi “Toshkent-2025” yozgi Osiyo va Paraosiyo...