“YASHIL ENERGIYA” SERTIFIKATLARI SAVDOSIDAN TUSHGAN DAROMADLARDAN FOYDA SOLIG‘I OLINMAYDI
Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O'RQ-906-son, 07.02.2024 y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritildi.
“Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish to'g'risida”gi Qonunga kiritilgan qo'shimchaga ko'ra, quvvati 300 kVt va undan yuqori bo'lgan qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalangan holda ishlab chiqariladigan elektr energiyasini yagona elektr energetikasi tizimiga ulash faqat ushbu manbalar maxsus vakolatli davlat organida ro'yxatdan o'tkazilganidan keyin amalga oshiriladi.
Shuningdek, “Soliq kodeksi”ga kiritilgan o'zgartirishga ko'ra, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishga asoslangan generatsiya obyektlarining “yashil energiya” sertifikatlari savdosidan tushgan daromadlar, daromad sifatida hisobga olinmasligi belgilandi.
Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.
Bahodir YUSUPOV,
Qo‘shko‘pir tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i.
Boshqa maqolalar
AYRIM FUQAROLARGA ELEKTR ENERGIYASI VA TABIIY GAZ UCHUN
personmaftuna 04-06-24, 14:15“Yoqilg'i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida”gi Hukumat...
BAHOLASH FAOLIYATI: TEKSHIRUVLARDA BAHOLOVCHINING EKSPERT
personmaftuna 19-09-24, 07:09O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 26.08.2024-yildagi “Baholash faoliyati yanada takomillashtirilishi...
RAHBAR KADRLARNI BAHOLASH MARKAZINI TASHKIL ETISH
personmaftuna 29-11-24, 04:50Vazirlar Mahkamasining 04.10.2024- yildagi " Rahbar kadrlarni baholash markazini tashkil etish to ʻ g ʻ risida " gi VMQ...