BOGʻCHALARDAGI OLIY MA’LUMOTLI TARBIYACHILAR OYLIGI OʻQITUVCHILAR OYLIGIGA TENGLASHTIRILADI
BOGʻCHALARDAGI OLIY MA’LUMOTLI TARBIYACHILAR OYLIGI OʻQITUVCHILAR OYLIGIGA TENGLASHTIRILADI
“Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident farmoni (PF–79-son, 26.05.2023-y.) qabul qilindi.
Farmonga koʻra, 2023/2024-oʻquv yilidan bosqichma-bosqich:
-maktablarning 1–4-sinflarida oʻquvchilarga boshlangʻich, 5–9-sinflarida tayanch hamda 10–11-sinf oʻquvchilarining qiziqish va qobiliyatiga mos oʻquv dasturlari va oʻquv-metodik majmualar joriy etiladi;
-baholashning yangi tartibi joriy etiladi. Bunda oʻquvchining oʻtilgan mavzuni amaliyotda qoʻllay olishi, tanqidiy fikrlash va tahlil koʻnikmalari baholanadi;
-boshlangʻich sinflarda informatika, oʻrta sinflarda esa moliyaviy savodxonlik darslari oʻtiladi;
-barcha fanlar boʻyicha amaliy mashgʻulotlar ulushi 60 foizga yetkaziladi.
2024-yil 1-yanvardan maktabga birinchi marta ishga qabul qilinayotgan oʻqituvchilarni kasbiy sertifikatlash joriy etiladi.
Bunda 2023 - 2024-oʻquv yilidan oʻqituvchilar stajyor-oʻqituvchi sifatida ishlaydi va 1 yilda sertifikat olishi talab etiladi.
2024-yil 1-yanvardan davlat bogʻcha, maktab va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagoglariga malaka toifasini berishning yangi tartibi joriy qilinadi.
Bunda malaka toifasi uchun sinovlar 1 yilda kamida bir marotaba ikki bosqichda oʻtkaziladi hamda birinchi bosqichda talabgorning mutaxassislik fani va kasb standarti boʻyicha bilim darajasi, ikkinchi bosqichda – pedagogik mahorati baholanadi.
2024-yil 1-iyundan bogʻchalardagi oliy ma’lumotli tarbiyachilarning oyligi maktab oʻqituvchilari oyligiga tenglashtiriladi.
Rasulbek IBRAGIMOV,
Xorazm viloyati adliya boshqarmasi
bosh maslahatchisi.
Boshqa maqolalar
XIZMAT TEKSHIRUVI HAQIDA HUQUQIY MA’LUMOT BERSANGIZ?
personmaftuna 19-05-24, 17:56Xizmat tekshiruvi xodim tomonidan intizomiy qilmish sodir etilganligi faktini, uning sodir etilishida xodimning aybini,...
ISH HAQI SAQLANMAYDIGAN TA’TIL
personmaftuna 28-03-24, 01:00Ish haqi saqlanmaydigan ta’til deganda xodimning ish o‘rni (lavozimi) saqlanib qolgan holda haq to‘lanmaydigan ta’til...
HAYDOVCHILIK GUVOHNOMASI YO‘QOTIB QO‘YILSA QAYTA IMTIHON
personmaftuna 12-12-24, 03:40Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-maydagi 408-son qarorining 2-ilovasi 58, 59 va 60 bandlarida milliy haydovchilik...