Kuzatuvchi » Siyosiy » BILASIZMI?

BILASIZMI?

O‘zbekiston Respublikasi Prezident tomonidan 25.12.2023-yildagi “Sud qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi OʻRQ-884-son Qonun imzolandi. Ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha qaror ustidan apellyatsiya shikoyat berish   muddati ikki baravarga qisqartirilmoqda (20 sutkadan 10 sutkagacha). Ma’muriy huquqbuzarlik boʻyicha apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan qabul qilingan qaror ustidan 6 oy ichida  Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hay’ati tomonidan taftish tartibida koʻrib chiqish uchun shikoyat keltirish mumkin. Taftish tartibida berilgan shikoyat (protest) bir oygacha boʻlgan muddatda, ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish talab qilib olingan taqdirda esa ikki oygacha boʻlgan muddatda koʻrib chiqilishi lozim.
 Shikoyatni oʻrganib chiqish natijalari boʻyicha Oliy sudning sudyasi oʻz ajrimi bilan quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:

• sud qarorlarini taftish tartibida qayta koʻrib chiqish uchun asoslar mavjud emasligi toʻgʻrisida;

• shikoyatni ish bilan birga koʻrib chiqish uchun Oliy sudning Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hay’atiga oʻtkazish haqida.

Ishni sudda koʻrib chiqishda quyidagi shaxslar ishtirok etishi mumkin:

• ish boʻyicha oʻziga nisbatan sud qarori chiqarilgan shaxs;

• jabrlanuvchi;

• ularning qonuniy vakillari;

• advokat;

• ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzgan organ.

Ushbu shaxslar sud majlisida bevosita yoxud videokonferensaloqa tizimidan foydalangan holda ishtirok etishi mumkin.

Prokuror tomonidan taftish tartibida protest kiritilgan ishlar boʻyicha Bosh prokuror, uning oʻrinbosari yoki ular tomonidan vakolat berilgan prokuror ishtirok etishi shart.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hay’ati ishni taftish tartibida koʻrish natijalari boʻyicha quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:

1) birinchi instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudining qarorini oʻzgarishsiz, taftish tartibida berilgan shikoyatni (protestni) esa qanoatlantirmasdan qoldirish toʻgʻrisida;

2) apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudining qarorini bekor qilish va birinchi instansiya sudining qarorini oʻzgarishsiz qoldirish haqida;

3)ish boʻyicha qabul qilingan barcha sud qarorlarini bekor qilish va ish yuritishni tugatish toʻgʻrisida;

4) birinchi instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudining qarorini oʻzgartirish yoxud bekor qilish va yangi qaror qabul qilish haqida;

5) jazo chorasini kuchaytirmagan holda uni ma’muriy huquqbuzarlik uchun javobgarlik toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatida nazarda tutilgan doirada oʻzgartirish haqida;

6)taftish tartibida berilgan shikoyat (protest) qaytarib olingan taqdirda, taftish tartibida ish yuritishni tugatish toʻgʻrisida.

Ishni taftish tartibida koʻrib chiqish natijalari boʻyicha chiqarilgan qaror uzil-kesildir.

 

Y.XO‘JAMURATOVA,

Yangiariq  tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

Boshqa maqolalar

ISH HAQI KECHIKTIRILGAN HAR BIR KUN UCHUN KOMPENSATSIYA

personmaftuna 28-03-24, 03:41
0 ISH HAQI KECHIKTIRILGAN HAR BIR KUN UCHUN KOMPENSATSIYA TOʻLANADI

Xodimlarga oylik ish haqi 16 kundan koʻp boʻlmagan tanaffus bilan ikki qismga boʻlingan holda (boʻnakda va qolgan qismi...

“АЁЛЛАР ДАФТАРИ”ГА КИРИТИЛГАНЛАРГА БЕРИЛГАН 10 ТА ИМТИЁЗЛАР

personmaftuna 14-12-24, 11:43
0 “АЁЛЛАР ДАФТАРИ”ГА КИРИТИЛГАНЛАРГА БЕРИЛГАН 10 ТА ИМТИЁЗЛАР

1. Бандлиги таъминланади; 2. Тадбиркорликка жалб қилинади; 3. Тадбиркорлик фаолиятини бошлаш ва ўзини ўзи банд қилиш...

INTIZOMIY JAZOSI BOR XODIMGA BAYRAM UCHUN MUKOFOT BERSA

personmaftuna 08-12-24, 13:46
0 INTIZOMIY JAZOSI BOR XODIMGA BAYRAM UCHUN MUKOFOT BERSA BO‘LADIMI?

Intizomiy jazoning amal qilish muddati ichida xodimga nisbatan rag‘batlantirish choralari, shu jumladan mehnatga haq...

menu
menu