MEHNAT SHARTNOMASIGA QANDAY SHARTLAR KIRITILMASLIGI KERAK?
Mehnat kodeksining 105-moddasiga asosan, mehnat shartnomasining mazmuniga:
xodimning holatini mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga nisbatan yomonlashtiradigan;
mehnat va mashg‘ulotlar sohasida kamsitishni taqiqlash to‘g‘risidagi talablarni buzadigan;
majburiy mehnatni taqiqlash haqidagi talablarni buzadigan;
xodimni qonunga xilof harakatlarni yoki ham xodimning, ham boshqa shaxslarning huquqlarini buzadigan, hayoti va sog‘lig‘iga tahdid soladigan, sha’niga, qadr-qimmatiga yoki ishchanlik obro‘siga putur yetkazadigan harakatlarni amalga oshirishga majburlaydigan shartlar kiritilmasligi kerak, agar ular kiritilgan bo‘lsa, haqiqiy bo‘lmaydi.
Mehnat shartnomasi ayrim shartlarining haqiqiy emasligi mehnat shartnomasining umuman haqiqiy emasligiga sabab bo‘lmaydi.
R.AMINOV,
Yangiariq tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
YERLARNI TUT KOʻCHATLARINI EKISH UCHUN IKKILAMCHI IJARAGA
personmaftuna 12-08-24, 23:13Prezident 17.07.2024-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar...
MEHNAT SHARTNOMASINI BEKOR QILISHNI RASMIYLASHTIRISH
personmaftuna 28-09-24, 16:42Mehnat kodeksining 168-moddasiga asosan, mehnat shartnomasini taraflarning xohish-irodasiga bog‘liq bo‘lmagan...
SHAXSGA DOIR MA’LUMOTLAR TO‘G‘RISIDAGI QONUNCHILIKNI BUZISH
personmaftuna 30-05-24, 01:57Shaxsga doir ma’lumotlarni qonunga xilof ravishda yig‘ish, tizimlashtirish, saqlash, o‘zgartirish, to‘ldirish, ulardan...