Kuzatuvchi » Siyosiy » PENSIYAGA QO'SHILADIGAN USTAMA HAQLARDAN XABARDORMISIZ?

PENSIYAGA QO'SHILADIGAN USTAMA HAQLARDAN XABARDORMISIZ?

Qonunchilikka qo'ra, belgilangan tartibda hisoblab chiqarilgan pensiyalarga ustama haqlar quyidagi miqdorlarda belgilanadi:

 I guruh urush nogironlariga — pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 150 foizi;

 II guruh urush nogironlariga — pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 125 foizi;

 ko'zi ojizlik bo'yicha I guruh nogironligi bo'lgan shaxslarga — pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 100 foizi;

I guruh nogironligi bo'lgan shaxslarga — pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 75 foizi;

 II guruh yolg'iz nogironligi bo'lgan shaxslarga — pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 75 foizi;

 urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslarga — pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 50 foizi;

 1941 — 1945-yillardagi urush davrida mamlakat ichkarisida ishlagan va harbiy majburiyatni bajargan shaxslarga — pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining — 30 foizi;

vafoti harbiy xizmat yoki ichki ishlar organlaridagi, Milliy gvardiyadagi xizmat majburiyatlarini bajarish bilan bog'liq bo'lgan harbiy xizmatchilarning hamda ichki ishlar organlari, Milliy gvardiya xodimlarining ota-onalariga va yangi nikohdan o'tmagan beva xotinlariga (beva erlariga) — pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 30 foizi.

 O'zbekiston oldida alohida xizmatlari bo'lgan shaxslarga — pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 100 foizidan 150 foizigacha.

 yoshidan qat'i nazar imtiyozli pensiyaga chiqish huquqiga ega bo'lgan artistlarga — pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 75 foizi;

 teatr-konsert tashkilotlari artistlari va badiiy xodimlariga, teatr va musiqa san'ati ijodiy xodimlari tayyorlovchi o'quv muassasalarining professor-o'qituvchilari va konsertmeysterlariga, Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan ro'yxatga ko'ra — pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining — 50 foizi.

 

R.AMINOV,

Yangiariq  tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Boshqa maqolalar

ISHCHI VIZA”NI RASMIYLASHTIRISH UCHUN KOMPENSATSIYA BERILADI

personmaftuna 30-01-25, 10:38
0 ISHCHI VIZA”NI RASMIYLASHTIRISH UCHUN KOMPENSATSIYA BERILADI

Farmonga ko'ra, (https://t.me/huquqiyaxborot_lotin/7222)2024-yil 1-iyundan: “Xorijda ish” mehnat migratsiyasi elektron...

DAVLAT UMUMIY O'RTA TA'LIM TASHKILOTLARIDA AYRIM TOIFADAGI

personmaftuna 08-08-25, 15:03
0 DAVLAT UMUMIY O'RTA TA'LIM TASHKILOTLARIDA AYRIM TOIFADAGI O'QUVCHILAR QO'SHIMCHA TA'LIMGA JALB QILINADI

Hukumat qarori (365-son, 14.06.2025-y.) bilan “Davlat umumiy o'rta ta'lim tashkilotlarida ayrim toifadagi o'quvchilarni...

UY SHAROITIDA TIRIK PILLA YETISHTIRAYOTGANLAR DAROMAD

personmaftuna 16-12-24, 11:17
0 UY SHAROITIDA TIRIK PILLA YETISHTIRAYOTGANLAR DAROMAD SOLIG‘IDAN OZOD QILINADI

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ-1001-son, 15.11.2024-y.) bilan Soliq kodeksiga qo‘shimcha kiritildi. Qonunga...

menu
menu