MANFAATLAR TO'QNASHUVINI ANIQLASHDA FAOL YORDAM BERGAN SHAXSLAR MUKOFOTLANADI
Qarorga ko'ra, (https://t.me/huquqiyaxborot_lotin/7499) 2024-yil yakunigacha “E-anticor.uz” elektron platformasida manfaatlar to'qnashuvi bilan bog'liq holatlarni aniqlash va onlayn monitoring qilish imkonini beruvchi elektron modul ishga tushiriladi.
Manfaatlar to'qnashuvi bilan bog'liq holatlarni aniqlashda jamoatchilik ishtirokini ta'minlash maqsadida quyidagi amaliyotlar joriy etiladi:
➖davlat organlari va tashkilotlari xodimlari faoliyatida manfaatlar to'qnashuvi holatlari bo'yicha tegishli dalillarni ilova qilgan holda ularni aniqlashda faol yordam bergan shaxslarga undirilgan jarimaning ellik foizi miqdorida mukofot puli berish;
➖Respublika idoralararo komissiyasining ishchi organlari tomonidan har chorakda davlat organlari va tashkilotlarida manfaatlar to'qnashuviga yo'l qo'yilgan holatlar, ularni bartaraf etish, shuningdek, bunday holatlarning oldini olish bo'yicha ko'rilgan choralar haqida jamoatchilikni xabardor qilib borish.
2024-yil 1-oktyabrgacha manfaatlar to'qnashuvini hisobga olish reyestri, mavjud manfaatlar to'qnashuvi to'g'risidagi xabarnoma va ehtimoliy manfaatlar to'qnashuvi to'g'risidagi deklaratsiyaning namunaviy shakllari tasdiqlanadi.
R.AMINOV,
Yangiariq tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
O‘RINDOSH ASOSIDA ISHGA KIRAYOTGANDA QANDAY XUJJATLAR KERAK
personmaftuna 29-06-24, 08:33Mehnat kodeksining 434-moddasiga ko‘ra, asosiy ish joyidan tashqari boshqa ish beruvchiga o‘rindoshlik asosida ishga...
DONORLAR UCHUN PUL MUKOFOTLARI MIQDORI OSHIRILDI
personmaftuna 19-05-25, 23:36Qonunga (28.02.2025 - y. OʻRQ-1041 -son ) muvofiq donorlik harakatini qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish...
INSOFSIZ RAQOBATNI TAQIQLASH HAQIDA HUQUQIY MA’LUMOT
personmaftuna 24-03-25, 03:42Xo‘jalik yurituvchi subyektlar yoki ularning manfaatlarini ko‘zlab boshqa shaxslar tomonidan raqobatchilarga nisbatan...