SUDGA MUROJAAT QILISHDA QANDAY IMTIYOZLAR BOR?
Ma'lumki, jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan sudlarga murojaat qilinganda davlat boji va pochta harajatlarini to'laydilar.
O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlarida jismoniy va yuridik shaxslarning sudlarga murojaat qilishlarida davlat boji to'lovlaridan ozod qilinishiga doir qoidalar mavjud.
Xususan, O'zbekiston Respublikasi “Davlat boji to'g'risida”gi qonunining 2§ davlat bojini to'lashdan ozod qilish masalasiga bag'ishlangan bo'lib, ushbu paragraf qoidalariga ko'ra, davlat bojini to'lashdan ozod qilinadigan jismoniy va yuridik shaxslarning qat'iy ro'yxati ushbu Qonun bilan belgilangan.
Ya'ni, Qonunning 8-moddasida, fuqarolik ishlari bo'yicha sudlarda davlat bojini to'lashdan ozod qilinadiganlar;
9-moddasida, iqtisodiy sudlarda davlat bojini to'lashdan ozod qilinadiganlar;
10-moddasida esa, ma'muriy sudlarda davlat bojini to'lashdan ozod qilinadiganlar ro'yxati ko'rsatib o'tilgan.
Mazkur Qonun 2020-yil 6-yanvar kuni qabul qilingan bo'lib, 2020-yil 1-yanvarga qadar qabul qilingan boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan va ushbu Qonunda nazarda tutilmagan davlat bojini to'lashdan ozod qilish ushbu hujjatlarning amal qilish muddati tugaguniga qadar kuchda qoladi.
R.AMINOV,
Yangiariq tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
ЁШГА ДОИР ПЕНСИЯ “ПРОАКТИВ ШАКЛДА” ФУҚАРОНИНГ МУРОЖААТИСИЗ
personmaftuna 07-06-25, 19:28Қонун (ЎРҚ-1066-сон, 19.05.2025 й.) билан айрим қонун ҳужжатларига ўзгартириш ва қўшимчалар киритилди. Қонун билан...
KIMLARNI TA’TILDAN CHAQIRIB OLISHGA YOʻL QOʻYILMAYDI?
personmaftuna 20-03-24, 06:51Mehnat kodeksining 232-moddasiga muvofiq har yilgi mehnat ta’tilidan chaqirib olishga ta’tilning istalgan vaqtida faqat...
AYRIM TADBIRKORLARGA SOLIQ MA'MURCHILIGIDA YENGILLIKLAR
personmaftuna 26-04-25, 11:192025-yil 1-oktabrdan O'zbekiston hududiga olib kiriladigan xushbo'ylashtiruvchi yoki rang beruvchi qo'shimchalarsiz oq...