ELЕKTR HISOBLAGICH KIMNI HISOBIDAN XARID QILINADI ?
SAVOL;
Elektrga ulanish uchun yangi iste’molchilarga elektr xisoblagichni iste’molchini o‘zi sotib olishi kerakmi yoki elektr tarmoqlari korxonasi bepul o‘rnatib berishi kerakmi?
JAVOB;
Vazirlar Mahkamasining 12.01.2018-yil kungi 22-son qarorining 2-bandiga ko‘ra, maishiy iste’molchilarga elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’molini hisobga olish zamonaviy uskunalarini xarid qilish, o‘rnatish, ro‘yxatdan o‘tkazish, davriy davlat qiyoslovi va plombalash tegishli ravishda hududiy elektr tarmoqlari korxonalari va gaz ta’minoti tashkilotlari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi deb ko‘rsatilgan.
Demak, elektr iste’molini hisobga olish zamonaviy uskunalarini xarid qilish hududiy elektr tarmoqlari korxonasining mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi, ya’ni Sizga bepul o‘rnatib berilishi kerak. Faqat tezroq o‘rnatib oling! Sababi, shu yili aprel oyidan boshlab bu tartib o‘zgaradi va iste’molchilar elektr xisoblagichni o‘zlarining xisobidan olishlariga to‘g‘ri keladi. Bu bo‘yicha hukumatning tegishli qarori ishlab chiqilgan..
X.MATKARIMOV,
Yangiariq tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
PILLA YETISHTIRISH VA IPAKCHILIK SOHASIDA BOZOR
personmaftuna 19-05-24, 03:22“Pilla yetishtirish va ipakchilik sohasida bozor mexanizmlarini joriy qilishni jadallashtirish bo'yicha qo'shimcha...
QONUNCHILIKKA KO'RA, 2024/2025-O'QUV YILIDAN BARCHA KURS
personmaftuna 30-09-24, 07:17Qonunchilikka ko'ra, 2024/2025-o'quv yilidan barcha kurs talabalari uchun davlat oliy ta'lim muassasalari talabalar...
FUQARONI MUOMALAGA LAYOQATSIZ DEB TOPISH HAMDA FUQARONING
personmaftuna 21-02-24, 04:07O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 30-moddasiga asosan, ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi oqibatida o‘z...