QISHLOQ ХOʻJALIGIGA MOʻLJALLANGAN YERLARGA IJARA HUQUQINI SOTISH MUMKIN
Prezidentning 18.01.2024-yildagi PF-15-sonli «Qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi Farmoni qabul qilindi.
2024-yil 1-martdan boshlab qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini ijaraga berishda ochiq elektron tanlov oʻrniga elektron onlayn auksion savdolari joriy etiladi.
2024-yil 1-martga qadar 15 626,8 gektar qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalari elektron onlayn auksion savdolariga chiqarilishi rejalashtirilgan (aholi punktlariga yaqin, suv ta’minoti yaхshi, unumdorlik yuqori boʻlgan, maydoni 5 gektardan yuqori konturlarni 1 gektargacha lotlarga boʻlgan holda).
Agrosanoat klasterlariga yer uchastkalarini Vazirlar Mahkamasi tomonidan toʻgʻridan-toʻgʻri ijaraga berish tartibi bekor qilindi.
X.MATKARIMOV,
Yangiariq tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
“DAVLAT MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARIDA BOLALAR
personmaftuna 15-05-24, 07:50Unga ko'ra, 2024-yil 1-iyundan va 2025-yil 1-yanvardan boshlab amal qiladigan davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida...
MASJID UCHUN YER OLISH TARTIBI BELGILANDI
personmaftuna 07-02-25, 12:48Vazirlar Mahkamasining qarori, 05.10.2024-yildagi 641-sonli (https://lex.uz/pdfs/7136947) qaroriga asosan Diniy...
TADBIRKORLIK SUBYEKTLARINING BARQARORLIK REYTINGI JORIY
personmaftuna 21-03-24, 11:31Prezidentning 23.01.2024-yildagi PQ-39-son “Tadbirkorlik sub’yektlarining barqarorlik reytingini joriy etish...