Kuzatuvchi » Siyosiy » BILASIZMI?

BILASIZMI?

O‘zbekiston Respublikasi Prezident tomonidan 29.12.2023-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining «2024-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida»gi Qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-442-son Qaror imzolandi. 

Hujjat bilan 2024-yilda foyda soligʻi toʻliqligicha Oʻzbekiston Respublikasi byudjetiga yoʻnaltiriladigan yirik soliq toʻlovchilar roʻyхati tasdiqlanmoqda. 2024-yilda uy-joy fondining koʻchmas mulk ob’yektlariga, shuningdek, ular egallab turgan yer uchastkalariga nisbatan: 

• 2018-yilda belgilangan kadastr qiymati asosida hisoblangan jismoniy shaхslarning mol-mulkiga solinadigan soliq summasi, 2023-yil uchun hisoblab chiqarilgan soliq summasining 1,3 baravaridan oshmasligi;

• jismoniy shaхslardan undiriladigan qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun yer soligʻi summasi 2023-yilda hisoblab chiqarilgan soliq summasining 1,3 baravaridan oshmasligi lozim. Endilikda Qonunchilik palatasi qoʻmitalarida:

• хar olti oyda birinchi darajali byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilarning byudjet mablagʻlaridan foydalanishi bilan bogʻliq maqsadli indikatorlari bajarilishi yuzasidan vazirliklar va idoralar rahbarlarining hisobotlarini;

• har chorak yakunida Soliq qoʻmitasi, Bojхona qoʻmitasi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Davlat byudjeti daromadlari prognozi bajarilishi toʻgʻrisidagi hisobotlarini eshitib borish yoʻlga qoʻyiladi. Respublika mulkida boʻlgan ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50% va undan ortiq boʻlgan хoʻjalik jamiyatlari, jumladan tijorat banklarining (mahalliy hokimiyat organlari muassisligidagi jamiyatlardan tashqari) ijroiya organiga toʻlanadigan haq va ularning eng yuqori miqdorlarini belgilash hamda jamiyatning tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash belgilangan. Shuningdek, ularga oʻzgartirish kiritish boʻyicha masalalarni kuzatuv kengashi tomonidan ma’qullangandan soʻng aksiyadorlar umumiy yigʻilishiga kiritish tartibi joriy etiladi.

 

Y.XO‘JAMURATOVA,

Yangiariq  tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Boshqa maqolalar

КРИМИНОЛОГИЯ ТАДҚИҚОТ ИНСТИТУТИ ТОМОНИДАН ПУЛЛИК ХИЗМАТЛАР

personmaftuna 30-01-25, 02:47
0 КРИМИНОЛОГИЯ ТАДҚИҚОТ ИНСТИТУТИ ТОМОНИДАН ПУЛЛИК ХИЗМАТЛАР КЎРСАТИЛАДИ

“Ўзбекистон Республикаси Криминология тадқиқот институти томонидан пуллик хизматларни кўрсатиш тартиби тўғрисида”ги...

DAVLAT BYUDJETI MABLAG'LARI HISOBIDAN MOLIYALASHTIRILADIGAN

personmaftuna 30-09-24, 02:28
0 DAVLAT BYUDJETI MABLAG'LARI HISOBIDAN MOLIYALASHTIRILADIGAN QURILISH ISHLARI BO'YICHA TEXNIK NAZORAT XIZMATINI KO'RSATISHGA AUTSORSING ASOSIDA TADBIRKORLAR JALB QILINADI

Qarorga ko'ra, “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida: 2024-yil 1-iyuldan avtomobil yo'llari va yo'l inshootlarini...

UMUMMILLIY BIRDAMLIK BOG'LARINI TASHKIL ETISH

personmaftuna 28-04-25, 11:28
0 UMUMMILLIY BIRDAMLIK BOG'LARINI TASHKIL ETISH CHORA-TADBIRLARI BELGILANDI

“Umummilliy birdamlik bog'larini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi. Unga...

menu
menu