Kuzatuvchi » Siyosiy » DAVLAT MULKI OBYEKTLARINI UCH YIL MUDDATGA IJARAGA OLING

DAVLAT MULKI OBYEKTLARINI UCH YIL MUDDATGA IJARAGA OLING

Keyingi yillarda Davlat rahbari hamda Hukumatning tegishli qarorlari asosida Davlat mulkini ijaraga berish tizimi yanada takomillashtirilib, sohada zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari keng joriy qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktyabrdagi PF-6079-son Farmoni bilan tasdiqlangan «Raqamli O‘zbekiston — 2030» strategiyasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan davlat mulkini ijaraga berish, ijara shartnomalarining monitoringi va tushumlarni nazorat qilish bo‘yicha «online-ijara.uz» axborot tizimi yaratildi.

Davlat mulkini ijaraga berishda «E-auksion» elektron savdo platformasi onlayn-auksion savdolarini shaffof tarzda tashkil etish hamda o‘tkazish, shuningdek, istagi bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslarning auksion jarayoniga kirish hamda ularda qatnashish imkonini ta’minlab beradi.

Davlat mulkini ijaraga berish jarayoni har qanday jismoniy va yuridik shaxs tashabbusi asosida boshlanishi mumkin.

Bunda tashabbus ko‘rsatuvchi bevosita Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markaziga yoki uning hududiy boshqarmasiga yozma yoki elektron shaklda taklif berishi mumkin.

Davlat mulki ijarasi «E-auksion» elektron savdo platformasida asosan uch yil muddatda onlayn-auksion  savdolariga chiqariladi.

Ijaraga oluvchi tomonidan ijara shartnomasi shartlari o‘z vaqtida va to‘liq bajarilganda, ijara muddati yana uch yil muddatga uzaytirilishi mumkin.

Davlat mulki ijarasining eng ko‘p muddati bir ijara shartnomasi doirasida olti yil, nodavlat professional ta’lim tashkilotlari hamda kichik tadbirkorlik subyektlari, shu jumladan, xususiy tibbiyot tashkilotlari uchun esa o‘n yil etib belgilangan.

Ijaraga beruvchi bilan ijaraga oluvchi o‘rtasida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda o‘tkazilgan onlayn-auksion natijasi bo‘yicha rasmiylashtirilgan bayonnoma asosida tuzilgan ijara shartnomasi elektron shaklda (shu jumladan, elektron raqamli imzo bilan) ikki tomonlama rasmiylashtiriladi.

Davlat ko‘chmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara to‘lovining miqdori Markazning O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi orqali Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilib taqdim etgan, tegishliligicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari qarorlari bilan tasdiqlangan eng kam stavkalar asosida belgilanadi.

Ijaraga oluvchi ijara shartnomasi shartlarini lozim darajada bajarmagan taqdirda, ijara shartnomasi ijaraga beruvchi tomonidan belgilangan tartibda bekor qilinadi.

Ijara shartnomasini bekor qilish, o‘zgartirish va muddatini uzaytirish tomonlarning kelishuviga asosan yoki qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

 

X.MATKARIMOV,

Yangiariq tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti. 

Boshqa maqolalar

СИРДАРЁ ЎЗАНИДА НОРУДА МАТЕРИАЛЛАРНИ ҚАЗИБ ОЛИШГА МУДДАТСИЗ

personmaftuna 26-03-24, 23:59
0 СИРДАРЁ ЎЗАНИДА НОРУДА МАТЕРИАЛЛАРНИ ҚАЗИБ ОЛИШГА МУДДАТСИЗ МОРАТОРИЙ ЖОРИЙ ҚИЛИНАДИ

Президент Фармони (ПФ-46-сон, 11.03.2024 й) билан “Сув ҳавзаларида норуда материалларни қазиб олишни тартибга солиш...

OPERATSIYA VA REANIMATSIYA ХONALARIDAGI VIDEOYOZUVLARNI BIR

personmaftuna 12-08-24, 23:45
0 OPERATSIYA VA REANIMATSIYA ХONALARIDAGI VIDEOYOZUVLARNI BIR YIL SAQLASH TALABI JORIY ETILMOQDA

Vazirlar Mahkamasining 24.07.2024-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiyot...

ИЖРО ҲУЖЖАТЛАРИНИ ЭЛЕКТРОН ШАКЛДА БЕРИШ ТАРТИБИ ЖОРИЙ

personmaftuna 27-01-24, 20:23
0 ИЖРО ҲУЖЖАТЛАРИНИ ЭЛЕКТРОН ШАКЛДА БЕРИШ ТАРТИБИ ЖОРИЙ ЭТИЛАДИ

“Суд ҳужжатлари ва бошқа органлар ҳужжатларини ижро этиш тизимини ислоҳ этиш ва соҳани рақамлаштириш бўйича қўшимча...

menu
menu