JINOYATDA ISHTIROKCHILIK NIMA VA UNING TURLARI HAQIDA BILASIZMI?
O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 28-moddasiga ko’ra jinoyatda ishtirok etuvchi shaxslarning jinoyat sodir etishdagi o'rni va vazifasiga ko'ra quyidagi turlarga bo'ladi. Ular:
bajaruvchi;
- tashkilotchi;
- dalolatchi;
- yordamchi.
Jinoyatni bajaruvchi bilan bir qatorda tashkilotchi, dalolatchi va yordamchilar ham jinoyat ishtirokchilari deb topiladi.
Jinoyatni bevosita to‘la yoki qisman sodir etgan yoxud ushbu Kodeksga muvofiq javobgarlikka tortilishi mumkin bo‘lmagan shaxslardan yoki boshqa vositalardan foydalanib, jinoyat sodir etgan shaxs bajaruvchi deb topiladi.
Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rilishiga yoki jinoyat sodir etilishiga rahbarlik qilgan shaxs tashkilotchi deb topiladi.
Jinoyat sodir etilishiga qiziqtiruvchi shaxs dalolatchi deb topiladi.
Jinoyat sodir etilishiga o‘z maslahatlari, ko‘rsatmalari bilan, vositalar berish yoki to‘siqlarni yo‘qotish bilan ko‘maklashgan, shuningdek jinoyatchini, jinoyat sodir etish quroli, izlari va vositalarini yoxud jinoiy yo‘l bilan qo‘lga kiritilgan narsalarni yashirishga, shuningdek bunday narsalarni olish va o‘tkazish to‘g‘risida oldindan va’da bergan shaxs yordamchi deb topiladi.
X.MATKARIMOV,
Boshqa maqolalar
КИЧИК БИЗНЕСНИ УЗЛУКСИЗ ҚЎЛЛАБ-ҚУВВАТЛАШ ДАСТУРИ
personmaftuna 15-12-24, 22:59“Кичик бизнесни узлуксиз қўллаб-қувватлаш” комплекс дастурини такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги Президент...
“OILAVIY” OVOZ BERISH
personmaftuna 28-09-24, 16:35O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2024-yil 4-sentyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun...
XODIMNING MAJBURIYATLARI:
personmaftuna 29-11-24, 05:04Mehnat kodeksining 22-moddasiga muvofiq, Xodim: mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka va mehnat haqidagi boshqa huquqiy...