Kuzatuvchi » Siyosiy » O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYAT KODEKSIDA VOYAGA YETMAGANLAR UCHUN JAZO TIZIMI VA UNI TAYINLASH QANDAY BO‘LADI?

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYAT KODEKSIDA VOYAGA YETMAGANLAR UCHUN JAZO TIZIMI VA UNI TAYINLASH QANDAY BO‘LADI?

O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining XV-bobida Jazo turlari va jazo tizimi ko’rsatib o’tilgan.

O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 81-moddasi. Jazo tizimi o‘n sakkiz yoshga to‘lmasdan jinoyat sodir etgan shaxslarga quyidagi asosiy jazolar qo‘llanilishi mumkin:

1) jarima;

2) majburiy jamoat ishlari;

3) axloq tuzatish ishlari;

4) ozodlikni cheklash;

5) ozodlikdan mahrum qilish.

O‘n sakkiz yoshga to‘lmasdan jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan qo‘shimcha jazolar tayinlanishi mumkin emas.

 

O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 82-modda. Jarima

Jarima bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda tayinlanadi.

O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining

821-modda. Majburiy jamoat ishlari. Majburiy jamoat ishlari faqat mehnatga layoqatli voyaga yetmaganlarga nisbatan oltmish soatdan ikki yuz qirq soatgacha bo‘lgan muddatga tayinlanadi. Majburiy jamoat ishlari voyaga yetmaganlarning sog‘lig‘iga va ma’naviy jihatdan rivojlanishiga zarar yetkazmasligi, o‘qish jarayonini buzmasligi lozim.

O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining

 83-modda. Axloq tuzatish ishlari

Axloq tuzatish ishlari faqat mehnatga layoqatli voyaga yetmaganlarga nisbatan o‘z ish joyida o‘tash, aybdor hech qayerda ishlamasa, ushbu jazo ijrosini nazorat qiluvchi organlar belgilab beradigan o‘zi yashaydigan hududdagi boshqa joylarda o‘tash tariqasida bir oydan bir yilgacha muddatga tayinlanadi.

O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 841-modda. Ozodlikni cheklash

Ozodlikni cheklash voyaga yetmagan mahkumlarga nisbatan asosiy jazo chorasi sifatida olti oydan ikki yilgacha muddatga tayinlanadi.

O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 85-modda. Ozodlikdan mahrum qilish

Voyaga yetmaganlarga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish jazosi olti oydan o‘n yilgacha muddatga tayinlanadi.

 

 

X.MATKARIMOV,

Yangiariq tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti. 

Boshqa maqolalar

XUSUSIY UNIVERSITETLARNI TAMOMLAGAN TALABALAR MAKTABLARDA

personmaftuna 12-12-24, 02:03
0 XUSUSIY UNIVERSITETLARNI TAMOMLAGAN TALABALAR MAKTABLARDA O‘QITUVCHILIK QILISHLARI MUMKINMI?

“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunning 31-moddasiga asosan nodavlat ta’lim tashkilotlari o‘z faoliyatini litsenziya asosida...

ELEKTRON HISOBVARAQ-FAKTURANI TOVAR-TRANSPORT YUK ХATI

personmaftuna 19-05-25, 08:20
0 ELEKTRON HISOBVARAQ-FAKTURANI TOVAR-TRANSPORT YUK ХATI BILAN BIRLASHTIRISHGA QACHON YOʻL QOʻYILADI

Vazirlar Mahkamasining 18.03.2025-yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga tovar-moddiy...

DIREKTORLARDA OYLIGINI 50% GA UNING O‘RINBOSARLARI ESA

personmaftuna 23-01-24, 00:32
0 DIREKTORLARDA OYLIGINI 50% GA UNING O‘RINBOSARLARI ESA OYLIGINI 30%GA KO‘TARISH IMKONI PAYDO BO‘LGAN

Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25-dekabrdagi 681-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari...

menu
menu