I VA II GURUH NOGIRONLIK PENSIYASI TAYINLANGANIDAN KEYINGI ISHLANGAN VAQT ISH STAJIGA QO‘SHILADI
26.10.2022-yil kungi O‘RQ 795-son pensiya tayinlash tartibini takomillashtirishga qaratilgan Qonun qabul qilingan.
Ushbu Qonun bilan "Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida"gi Qonunning 37-moddasiga kiritilgan o‘zgarishga ko‘ra, I va II guruh nogironlik pensiyasi tayinlanganidan keyingi ishlangan vaqt ish stajiga qo‘shib hisoblanadi.
I va II guruh nogironlik pensiyasi tayinlanganidan keyin kamida 1 yil ish stajiga ega bo‘lsa, fuqaroning arizasi asosida ish staji va ish haqi inobatga olingan holda pensiya har ikki yilda bir marotaba qayta hisoblab chiqiladi. Bunda pensiyani qayta hisoblash fuqaro pensiya miqdorini qayta hisoblash uchun murojaat qilgan sanadagi yoshga nisbatan talab qilingan ish stajidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
X.MATKARIMOV,
Yangiariq tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
II CHORAKDA 8,12 MLRD AQSH DOLLARI MIQDORIDA ХORIJIY
personmaftuna 01-06-24, 02:21Vazirlar Mahkamasining 16.05.2024-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil II choragiga moʻljallangan...
ПРЕЗИДЕНТ ТОМОНИДАН “ЭЛЕКТР ЭНЕРГЕТИКАСИ ТЎҒРИСИДА”ГИ ҚОНУН
personmaftuna 15-12-24, 18:00Қонун электр энергетикаси соҳасидаги муносабатларни тартибга солади. Электр энергетикаси соҳасини давлат томонидан...
ИСТИҚБОЛЛИ КАДРЛАРНИ ТАЙЁРЛАШ БЎЙИЧА “ЭЛ-ЮРТ УМИДИ”
personmaftuna 05-06-25, 13:50“Иқтидорли мутахассисларнинг хорижда таълим олишини қўллаб-қувватлаш, уларда касбий кўникмаларини ривожлантириш ва...