Kuzatuvchi » Siyosiy » ISH HAQI SAQLANMAYDIGAN TA’TIL OLISH TARIBI

ISH HAQI SAQLANMAYDIGAN TA’TIL OLISH TARIBI

Mehnat kodeksining 241-moddasiga ko‘ra ish haqi saqlanmaydigan ta’til deganda xodimning ish o‘rni (lavozimi) saqlanib qolgan holda haq to‘lanmaydigan ta’til tushuniladi.

Xodimning yozma arizasiga ko‘ra unga ish haqi saqlanmaydigan ta’til berilishi mumkin bo‘lib, uning davomiyligi xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra belgilanadi, lekin u ish haqi saqlanmaydigan oxirgi ta’til berilgan kundan e’tiboran kalendar yil davomida uzluksiz yoki jamlangan holda uch oydan oshmasligi kerak.

Agar qonunchilikda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, karantin choralari amalga oshirilayotgan, favqulodda holat joriy etilgan davrda va butun aholining yoki uning bir qismining hayotiga yoxud normal yashash sharoitlariga tahdid soluvchi boshqa hollarda xodimning yozma arizasiga ko‘ra ish haqi saqlanmaydigan ta’tilning uzluksiz yoki jamlangan davomiyligi ko‘paytirilishi, biroq ko‘pi bilan olti oygacha ko‘paytirilishi mumkin.

 

X.MATKARIMOV,

Yangiariq tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti. 

Boshqa maqolalar

YOQILGʻI-ENERGETIKA RESURSLARI ISTE’MOLCHILARINING ENERGIYA

personmaftuna 26-12-24, 02:30
0 YOQILGʻI-ENERGETIKA RESURSLARI ISTE’MOLCHILARINING ENERGIYA AUDITINI OʻTKAZISH TARTIBI TASDIQLANDI

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 19.10.2024-yildagi 690-sonli qarori bilan yoqilgʻi-energetika...

YER OSTI BOYLIKLARINI MUHOFAZA QILISH VA ULARDAN

personmaftuna 30-05-24, 11:16
0 YER OSTI BOYLIKLARINI MUHOFAZA QILISH VA ULARDAN FOYDALANISH TALABLARINI BUZISH

Foydali qazilmalar joylashgan maydonlarga o‘zboshimchalik bilan imoratlar qurish, foydali qazilma konlarini ekologiya...

НАМАНГАН ДАВЛАТ ТЕХНИКА УНИВЕРСИТЕТИ ТАШКИЛ ЭТИЛАДИ

personmaftuna 25-08-25, 02:35
0 НАМАНГАН ДАВЛАТ ТЕХНИКА УНИВЕРСИТЕТИ ТАШКИЛ ЭТИЛАДИ

“Наманган давлат техника университетини ташкил этиш тўғрисида”ги Президент қарори (ПҚ-23-сон, 24.01.2025 й.) қабул...

menu
menu