ATTESTATSIYA NATIJALARI YUZASIDAN MUROJAAT QILISH TARIBI QANDAY BO‘LADI ?
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 572 17.09.2021-yildagi qaroriga asosan attestatsiya natijalaridan norozi bo‘lgan pedagog kadrlar natijalar e’lon qilingan kundan boshlab o‘n kun mobaynida apellatsiya komissiyasiga yozma ravishda ariza (shikoyat) berishlari mumkin. Apellatsiya komissiyasi attestatsiya boshlangandan keyin o‘n kun ichida Ta’lim inspeksiyasi boshlig‘ining buyrug‘iga ko‘ra har bir ta’lim turi bo‘yicha yetti kishidan iborat tarkibda tuziladi. Apellatsiya komissiyasi tarkibi Ta’lim inspeksiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari (komissiya raisi), manfaatdor vazirlik va idoraning sohaga mas’ul tarkibiy bo‘linmasi rahbari (komissiya raisi o‘rinbosari), ta’lim inspeksiyasi xodimlari (bir nafari — komissiya kotibi), manfaatdor vazirlik va idoraning kasaba uyushmasi vakili hamda xodimlaridan iborat bo‘ladi. Apellatsiya komissiyasiga murojaat qilish yozma ravishda yoki Ta’lim inspeksiyasining rasmiy veb-sayti orqali elektron tarzda amalga oshiriladi.
X.MATKARIMOV,
Yangiariq tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
RAQAMLI DALILLARNI SUDGA TAQDIM ETISH TARTIBI TASDIQLANDI
personmaftuna 06-12-24, 17:20Prezident tomonidan imzolangan hujjat bilan qonunchilikka raqamli dalillar tushunchasi kiritilmoqda. Raqamli...
“MAHALLALARDA FUTBOL INFRATUZILMASINI RIVOJLANTIRISH VA
personmaftuna 29-11-24, 06:29Mahallalarda futbol infratuzilmasini rivojlantirish, aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib...
I VA II GURUH NOGIRONLIGI BO‘LGAN TALABALARGA TA’LIM
personmaftuna 17-08-24, 02:382024/2025 o‘quv yilidan boshlab barcha kurs talabalari uchun davlat oliy ta’lim muassasalari talabalar turar joyiga...