Kuzatuvchi » Siyosiy » VASIYLIK VA HOMIYLIKNING MAQSADI

VASIYLIK VA HOMIYLIKNING MAQSADI

O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 173-moddasiga asosan vasiylik o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan yetim bolalarni va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni, shuningdek sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolarni ularga ta’minot, tarbiya va ta’lim berish, ularning mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida belgilanadi.

Homiylik o‘n to‘rt yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan yetim bolalarni va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni, shuningdek sud tomonidan muomala layoqati cheklangan fuqarolarni ularga ta’minot, tarbiya va ta’lim berish, ularning mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida belgilanadi. Sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra mustaqil ravishda o‘z huquqlarini amalga oshira olmaydigan va o‘z majburiyatlarini bajara olmaydigan voyaga yetgan muomalaga layoqatli fuqarolarga bu shaxslarning iltimosiga ko‘ra homiylik belgilanishi mumkin. 

 

X.MATKARIMOV,

Yangiariq tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti. 

 

Boshqa maqolalar

UZLUKSIZ KASBIY RIVOJLANTIRISH SHAKLLARI

personmaftuna 18-03-24, 01:48
0 UZLUKSIZ KASBIY RIVOJLANTIRISH SHAKLLARI

Uzluksiz kasbiy rivojlantirishning maqsadi — xodimlarning egallab turgan lavozimlari, mutaxassisligi yoki dars...

YOSHLARNI KASBGA VA CHET TILLARIGA O‘QITISH TIZIMI

personmaftuna 04-06-24, 14:07
0 YOSHLARNI KASBGA VA CHET TILLARIGA O‘QITISH TIZIMI TAKOMILLASHTIRILADI

“Yoshlarni kasbga (mutaxassislikka) va chet tillariga o'qitish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari...

INTELLEKTUAL MULK HUQUQIY JIHATDAN ISHONCHLI TARZDA HIMOYA

personmaftuna 17-09-25, 17:30
0 INTELLEKTUAL MULK HUQUQIY JIHATDAN ISHONCHLI TARZDA HIMOYA QILINADI

O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o’zgartitish va qo’shimchalar kiritish yo’g’risidagi Qonuni...

menu
menu