YAKKA TARTIBDAGI TADBIRKORLIK FAOLIYATI QANDAY TASHKIL ETILADI?
Mutaxassisning ta'kidlashicha, yakka tartibdagi tadbirkorlik (YaTT) faoliyatini tashkil qilish uchun Davlat xizmatlari agentligi markazlaridan biriga borish orqali yoki elektron shakldagi interaktiv xizmatlar yordamida ro‘yxatdan o‘tish mumkin.
«Endilikda tadbirkorlar davlat ro‘yxatidan o‘tishi uchun ortiqcha hech qanday hujjatlar talab etilmaydi. Tadbirkorlik faoliyatini yarim soat yoki uzog‘i bilan bir soat muddatda ro‘yxatdan o‘tkazib tadbirkorlik guvohnomasi olish mumkin», – dedi Po‘lat Davlatov.
Tadbirkorlikni istagan shaxs ro‘yxatdan o‘tish uchun Davlat xizmatlari markaziga boradigan bo‘lsa, bazaviy hisoblash miqdorining 1 barobari miqdorida davlat boji to‘lashi, agar tadbirkor elektron shaklda mustaqil ro‘yxatdan o‘tmoqchi bo‘lsa, bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida davlat boji to‘lashi belgilangan.
X.MATKARIMOV,
Yangiariq tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
UCH YOSHGACHA BO‘LGAN BOLASI BOR XODIM BILAN MEHNAT
personmaftuna 17-08-24, 02:433 yoshgacha bolasi bor ayol yoxud 3 yoshgacha bo‘lgan bolani yolg‘iz tarbiyalayotgan ota (vasiy) bilan mehnat...
MUROJAATLARNI KO‘RIB CHIQISH TARTIBI
personmaftuna 14-06-24, 02:32Davlat organiga, tashkilotga yoki ularning mansabdor shaxslariga kelib tushgan murojaatlar shu organ, tashkilot...
JAHON SAVDO TASHKILOTIGA A’ZOLIK YANADA JADALLASHTIRILADI
personmaftuna 20-06-25, 13:44O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “ O’zbekiston Respublikasi Bozor islohotlari va O‘zbekistonning Jahon savdo...