Kuzatuvchi » Siyosiy » PROKUROR PROTESTI

PROKUROR PROTESTI

“Prokuratura to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 38-moddasiga asosan, qonunga zid bo‘lgan hujjatga nisbatan protestni prokuror ana shu hujjatni qabul qilgan organga yoki yuqori turuvchi organga keltiradi.    

Mansabdor shaxsning noqonuniy qaroriga nisbatan ham xuddi shunday tartibda protest keltiriladi.

Protest kelib tushgan vaqtdan boshlab o‘n kunlik muddatdan kechiktirmay ko‘rib chiqilishi shart. 

Qonunbuzarlikni darhol bartaraf etish talab qilingan alohida hollarda prokuror protestni ko‘rib chiqishning qisqartirilgan muddatini belgilashga haqli. Protestni ko‘rib chiqish natijalari to‘g‘risida uch kunlik muddat ichida prokurorga yozma ravishda ma’lum qilinadi.

Protest kollegial organ tomonidan ko‘rib chiqiladigan hollarda majlis kuni haqida prokurorga ma’lum qilinadi va u majlisda ishtirok etishga haqlidir.

Protest shu hujjatni qabul qilgan organ (mansabdor shaxs) yoki yuqori turuvchi organ (mansabdor shaxs) tomonidan rad etilganda, shuningdek protest qonunda belgilangan muddat ichida ko‘rib chiqilmagan taqdirda, prokuror ana shu hujjatni g‘ayriqonuniy deb e’tirof etish to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat etishga haqli. Sudga ariza protest rad etilganligi to‘g‘risidagi xabar olingan paytdan boshlab yoki protestni ko‘rib chiqish uchun qonunda belgilangan muddat o‘tganidan keyin bir oylik muddat ichida berilishi mumkin.

Prokuror tomonidan sudga ariza berilishi protest keltirilgan hujjatning amal qilishini ariza sudda ko‘rib chiqilgunga qadar to‘xtatib qo‘yadi.

 

X.MATKARIMOV,

Yangiariq tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti. 

Boshqa maqolalar

DAVLAT MULKINI ХUSUSIYLASHTIRISH SOHASI

personmaftuna 28-10-24, 15:27
0 DAVLAT MULKINI ХUSUSIYLASHTIRISH SOHASI TAKOMILLASHTIRILMOQDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 16.10.2024-yildagi “Davlat mulkini хususiylashtirish sohasi...

XODIMDAN KOMMUNAL TOʻLOVLAR UCHUN ISH HAQQIDAN USHLAB

personmaftuna 27-11-24, 03:01
0 XODIMDAN KOMMUNAL TOʻLOVLAR UCHUN ISH HAQQIDAN USHLAB QOLINADIMI?

Mehnat kodeksining 269-moddasiga asosan, umumiy qoidaga ko‘ra xodimning yozma roziligi bilan, xodimning roziligi...

TOSHKENT SHAHRINING 2045-YILGACHA BOʻLGAN BOSH REJASI

personmaftuna 10-02-25, 01:32
0 TOSHKENT SHAHRINING 2045-YILGACHA BOʻLGAN BOSH REJASI ISHLAB CHIQILDI

Vazirlar Mahkamasining 24.12.2024-yildagi 880-son qarori bilan Toshkent shahrining 2045-yilgacha boʻlgan davrga...

menu
menu