VAQTINCHA MEHNATGA QOBILIYATSIZLIK NAFAQASI QAYSI HOLLARDA BERILADI?
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirinO‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2002-yil 8-mayda 1136-son buyrugʻiga asosan
1) vaqtincha mehnat qobiliyatini yo‘qotish bilan bog‘liq kasallikda (shikastlanishda);
2) sanatoriy-kurortlarda davolanganda;
3) kasallangan oila a’zosini parvarishlash zarur bo‘lganda;
4) karantinda;
5) sil yoki kasb kasalligi tufayli vaqtincha boshqa ishga o‘tkazilganda;
6) mehnat qobiliyatini tiklash yoki yasama a’zo (protez) qo‘ydirish uchun reabilitatsiya muassasalariga yotqizilganda.
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasini tayinlash uchun faqat belgilangan tartibda berilgan vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi (kasallik varaqasi) asos bo‘ladi.Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi yo‘qolgan hollarda, nafaqa, uning o‘rniga takroriy berilgan vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi (dublikat) asosida beriladi.
X.MATKARIMOV,
Yangiariq tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
ALIMENT OLAYOTGAN ONAGA “BOLA PULI” BERILMAYDIMI?
personmaftuna 11-12-24, 11:30Bolalar nafaqasi olish uchun ariza yozmoqchi edim. Turmushimdan ajralganman. Farzandimga otasi aliment to‘laydi....
«XALQ TA’LIMI A’LOCHISI» KO‘KRAK NISHONI UCHUN QANDAY
personmaftuna 19-09-24, 00:35Hurmatli fuqaro amaldagi qonunchilikka muvofiq, Xalq ta’limi a’lochisi ko‘krak nishoni uchun alohida mukofotlash...
KIMLAR FARZANDLARINI USTUNLIK BILAN BOG’CHAGA JOYLASHTIRISH
personmaftuna 30-09-24, 22:28Qonunchilikka ko‘ra, quyidagi toifadagi bolalar bogʼchaga joylashtirilishda boshqalarga qaraganda ustunlikka ega...