Kuzatuvchi » Siyosiy » SANATORIY-KURORTDA DAVOLANISHDA, AGAR ASOSIY VA QO‘SHIMCHA TA’TIL XODIMNING SANATORIYDA DAVOLANISHI UCHUN YETARLI BO‘LMASA, NAFAQA BERILADI

SANATORIY-KURORTDA DAVOLANISHDA, AGAR ASOSIY VA QO‘SHIMCHA TA’TIL XODIMNING SANATORIYDA DAVOLANISHI UCHUN YETARLI BO‘LMASA, NAFAQA BERILADI

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirinO‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2002-yil 8-mayda 1136-son bilan da1) vaqtincha mehnat qobiliyatini yo‘qotish bilan bog‘liq kasallikda (shikastlanishda); buyrug’iga asosan. Sanatoriy-kurortda davolanishda, agar asosiy va qo‘shimcha ta’til xodimning sanatoriyda davolanishi uchun yetarli bo‘lmasa, nafaqa beriladi. Bunday holda sanatoriy-kurortda davolanishning barcha davri uchun (yo‘llanma, davolanish muddati) sanatoriyga borish-kelish vaqtini qo‘shib, ammo xodimning yillik ta’tilini chiqarib tashlagan holda nafaqa beriladi.

Asosiy va qo‘shimcha ta’tildan sanatoriyga borishdan oldin foydalangan bo‘lsa ham nafaqa uni chiqarib tashlagan holda beriladi. Bunda ish beruvchi ta’tilning yetmaydigan vaqti uchun xodim bilan kelishib, unga ish haqi saqlanmagan ta’til beradi.

Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi yo‘qolgan hollarda, nafaqa, uning o‘rniga takroriy berilgan vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi (dublikat) asosida beriladi.Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo‘yicha nafaqa mehnat qobiliyati yo‘qolgan birinchi kundan to u tiklangunga qadar yoki tibbiy-mehnat ekspertiza komissiyasi (TMEK) tomonidan nogironlik belgilangunga qadar, hatto bu davrda xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan hollarda ham beriladi.

 

X.MATKARIMOV,

Yangiariq tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti. 

Boshqa maqolalar

BOLA PULI OLISH TARTIBI QANDAY ?

personmaftuna 27-12-24, 16:23
0 BOLA PULI OLISH TARTIBI QANDAY ?

1) Ushbu nafaqa bola tug'ilgandan to 18 yoshga to'lgunicha ka'm ta'minlangan oilalarga to'lanadi. Qonuniy nikoh...

ОТА-ОНАЛИК ҲУҚУҚИДАН МАҲРУМ ҚИЛИШ ТАРТИБИ ҚАНДАЙ АМАЛГА

personmaftuna 14-12-24, 11:49
0 ОТА-ОНАЛИК ҲУҚУҚИДАН МАҲРУМ ҚИЛИШ ТАРТИБИ ҚАНДАЙ АМАЛГА  ОШИРИЛАДИ

Ота-оналик ҳуқуқидан маҳрум қилиш суд тартибида амалга оширилади. Ота-оналик ҳуқуқидан маҳрум қилиш тўғрисидаги ишлар...

O'ZBOSHIMCHALIK BILAN EGALLAB OLINGAN YER VA UNDAGI

personmaftuna 27-12-24, 17:24
0 O'ZBOSHIMCHALIK BILAN EGALLAB OLINGAN YER VA UNDAGI KO'CHMAS MULKKA MULK HUQUQINI E'TIROF ETISHGA OID QONUN 8-NOYABRDAN KUCHGA KIRDI

🔰 Unga ko'ra, fuqarolar quyidagi ko'chmas mulklarni o'z nomiga (ijara va mulk huquqi asosida) qonuniy o'tkazib olishi...

menu
menu