Kuzatuvchi » Siyosiy » IJTIMOIY SUG‘URTA BO‘YICHA NAFAQALARNI TAYINLASH UCHUN UMUMIY ISH STAJINI ANIQLASH VA HISOBLASH TARTIBI QANDAY BO‘LADI ?

IJTIMOIY SUG‘URTA BO‘YICHA NAFAQALARNI TAYINLASH UCHUN UMUMIY ISH STAJINI ANIQLASH VA HISOBLASH TARTIBI QANDAY BO‘LADI ?

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining buyrug’i Davlat ijtimoiy sug’urtasi bo’yicha nafaqalari tayinlash va to’lash tartibi to’g’risidagi nizomiga asosan. Umumiy ish staji belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan mehnat daftarchasi yoki uning o‘rniga berilgan boshqa hujjat asosida aniqlanadi.

Umumiy ish staji to‘g‘risidagi hujjatlar bo‘lmaganda ish davri guvohlar ko‘rsatmasi asosida belgilanadi.

Tabiiy ofat, falokat, fojia yoki boshqa favqulodda holatlar tufayli ish staji to‘g‘risidagi hujjatlar to‘liq yoki qisman saqlanmagan bo‘lsa, ish stajini tasdiqlash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyat, tuman (shahar) hokimiyatlari tomonidan tuziladigan ish stajini aniqlash bo‘yicha maxsus komissiyalar tomonidan amalga oshiriladi.

Qisman saqlangan hujjatlar hamda guvohlar ko‘rsatmalari asosida yuqorida ko‘rsatilgan komissiyalar tomonidan belgilangan mehnat faoliyati davrlari hujjatlar bilan tasdiqlangan ish davri singari ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha nafaqa olish huquqini beradigan umumiy ish stajiga hisoblanadi.

 

X.MATKARIMOV,

Yangiariq tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti. 

Boshqa maqolalar

FIRMA NOMIDA QANDAY PRINSIPLARGA ZID BO‘LGAN BELGILAR

personmaftuna 30-09-24, 11:44
0 FIRMA NOMIDA QANDAY PRINSIPLARGA ZID BO‘LGAN BELGILAR KO‘RSATILMASLIGI KERAK?

O‘zbekiston Respublikasi “Firma nomlari to‘g‘risida”gi Qonunining 4-moddasiga asosan Firma nomida: davlatning rasmiy...

MEBEL VA YOG'OCHSOZLIK SANOATI RIVOJLANISHI UCHUN QULAY

personmaftuna 07-06-25, 20:07
0 MEBEL VA YOG'OCHSOZLIK SANOATI RIVOJLANISHI UCHUN QULAY SHAROITLAR YARATILADI

“Mebel va yog'ochsozlik sanoatining rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar...

ISH BERUVCHI QAYSI HUJJATLARNI 3 ISH KUNIDAN KECHIKTIRMAY

personmaftuna 29-06-24, 06:46
0 ISH BERUVCHI QAYSI HUJJATLARNI 3 ISH KUNIDAN KECHIKTIRMAY BERISHI SHART?

Ish beruvchi xodimning arizasiga koʻra quyidagi hujjatlarni 3 ish kunidan kechiktirmay berishi shart: Ishga qabul...

menu
menu