O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING DAVLAT XARIDLARI SOHASIDAGI VAKOLATLARI QANDAY ?
Maktabgacha ta’lim tashkilotining kuzatuv kengashi haqidagi namunaviy nizomni tasdiqlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 3-dekabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 309432 asosan. Kengashning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: hududiy bo‘lim tomonidan tavsiya etilgan nomzodlar tarkibidan tashkilot direktorini saylash, shuningdek uni egallab turgan lavozimidan ozod etish haqida takliflar kiritish; tashkilotni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash; tashkilot direktorining ushbu tashkilot faoliyatini takomillashtirish yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar, moliya-xo‘jalik holati, daromadlar va xarajatlar, budjet mablag‘laridan, budjetdan tashqari, homiylik va boshqa mablag‘lardan foydalanish to‘g‘risidagi hisobotlarini eshitish; tashkilotning yillik moliyaviy rejalarini, ko‘rsatilayotgan pullik xizmatlar narxining miqdorlarini va tashkilot mulkidan foydalanganlik uchun ijara haqi miqdorini, shu jumladan auksiondagi boshlang‘ich narxni tashkilot direktorining ishtirokida tanishib chiqish va takliflar berish; tashkilot direktorining va boshqa xodimlarining faoliyatiga taalluqli ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazish; tashkilotda tarbiyalanuvchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda ularni yaxshilash bo‘yicha ota-onalar, jamoatchilik tashkilotlari va homiylar bilan hamkorlik qilishda amaliy yordam ko‘rsatish; tashkilotni rivojlantirishga doir ustuvor yo‘nalishlarni belgilash bo‘yicha ta’lim tashkiloti direktorining dastur va rejalari yuzasidan hududiy bo‘limga takliflar kiritish; tashkilotning xodimlarini rag‘batlantirish bo‘yicha hududiy bo‘limga takliflar berish. Kengash qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni amalga oshirishi mumkin.
X.MATKARIMOV,
Yangiariq tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
АҲОЛИНИ ИЖТИМОИЙ ҚЎЛЛАБ ҚУВВАТЛАШ ТАРТИБИ ТАКОМИЛЛАШТИРИЛАДИ
personmaftuna 30-09-24, 06:0818.07.2024 йилда Президентимизнинг “Аҳолини давлат томонидан ижтимоий қўллаб-қувватлаш тартибини тубдан такомиллаштириш...
НОГИРОН ХОДИМЛАРНИ ҲАМ МЕҲНАТ ТАЪТИЛИДАН ЧАҚИРИБ ОЛИШ
personmaftuna 29-03-24, 06:11Янги Меҳнат кодексидаги айрим моддаларда одамни, иш берувчини ҳам, ходимни ҳам яхшигина чалғитадиган қоидалар бор....
MAHKUMLARNING HUQUQLARI VA QONUNIY MANFAATLARI YANADA
personmaftuna 30-09-24, 11:11Mahkumlarning huquqlari va qonuniy manfaatlari yanada ishonchli himoya qilinadi. Prezident tomonidan imzolangan Qonun...