Kuzatuvchi » Siyosiy » “XALQARO SHARTNOMANI TASDIQLASH TO'G'RISIDA”GI PREZIDENT QARORI QABUL QILINDI

“XALQARO SHARTNOMANI TASDIQLASH TO'G'RISIDA”GI PREZIDENT QARORI QABUL QILINDI

“Xalqaro shartnomani tasdiqlash to'g'risida”gi Prezident Qarori (PQ-302-son, 26.08.2024 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko'ra, jinoiy yo'l bilan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish bilan bog'liq tavakkalchiliklarni baholash Xalqaro markazini tashkil etish to'g'risidagi Bitim tasdiqlansin.

Bitim 2023-yil 13-oktabr kuni Bishkek shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi Davlat rahbarlari kengashi yig'ilishida imzolangan.

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas'ul bo'lgan vakolatli organ etib belgilandi.

Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin belgilangan tartibda uning qoidalari amalga oshirilishi ustidan nazoratni ta'minlaydi.

X.MATKARIMOV,

Yangiariq tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti. 

Boshqa maqolalar

PERSONALLASHTIRISH AGENTLIGI

personmaftuna 14-06-24, 02:12
0 PERSONALLASHTIRISH AGENTLIGI

2024-yil 24-maydagi “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish...

ДАВЛАТ ОРГАНЛАРИ ВА ТАШКИЛОТЛАРИНИНГ ОЧИҚЛИГИ МОНИТОРИНГ

personmaftuna 30-01-25, 02:17
0 ДАВЛАТ ОРГАНЛАРИ ВА ТАШКИЛОТЛАРИНИНГ ОЧИҚЛИГИ МОНИТОРИНГ ҚИЛИНАДИ

Ҳукумат қарори (910-сон, 30.12.2024 й.) билан “Давлат органлари ва ташкилотларининг очиқликни таъминлаш соҳасидаги...

СОҒЛИҚНИ САҚЛАШ ТИЗИМИНИ ТАШКИЛ ЭТИШНИНГ ЯНГИ МОДЕЛИ ЖОРИЙ

personmaftuna 07-06-25, 19:41
0 СОҒЛИҚНИ САҚЛАШ ТИЗИМИНИ ТАШКИЛ ЭТИШНИНГ ЯНГИ МОДЕЛИ ЖОРИЙ ЭТИЛАДИ

“Республикада соғлиқни сақлаш тизимини ва аҳолига тиббий хизмат кўрсатиш тамойилларини такомиллаштириш орқали соҳани...

menu
menu