MOL-MULKNING HAQIQIY QIYMATINI ANIQLASHDA YAGONA YONDASHUV JORIY ETILADI
Mol-mulkning haqiqiy qiymatini aniqlashda yagona yondashuv joriy etiladi.
Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O'RQ-945-son, 26.08.2024-y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritildi.
Unga ko'ra, “Baholash faoliyati to'g'risida”gi Qonunga baholovchi nazorat qiluvchi yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o'tkaziladigan tekshirishlarda va boshqa tadbirlarda faqat baholovchi tashkilot hamda ushbu organlar o'rtasida tuzilgan shartnoma asosida ekspert sifatida ham ishtirok etishi mumkinligini nazarda tutuvchi o'zgartirish kiritildi.
Bundan tashqari “Sud ekspertizasi to'g'risida”gi Qonunga kiritilgan qo'shimchaga ko'ra, kamida 3 yil ish stajiga ega bo'lgan sud ekspertlari baholash to'g'risidagi hisobotlarda qo'llanilgan usullarning ilmiy jihatdan asoslanganligi nuqtai nazaridan sud ekspertizasini o'tkazishi mumkin.
Shuningdek sud ekspertining tekshirishlarni o'tkazishda uning xulosasiga nisbatan belgilangan talablarga va tegishli sohadagi qonunchilik hujjatlariga rioya etish bo'yicha majburiyati nazarda tutilmoqda.
Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.
X.MATKARIMOV,
Yangiariq tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
ISHGA QABUL QILISHDA KIMLARGA DASTLABKI SINOV BELGILANMAYDI?
personmaftuna 17-12-24, 11:26Ishga qabul qilish vaqtida ishga kirayotgan shaxsdan qonun hujjatlarida ko‘rsatilmagan hujjatlarni talab qilish...
ФУҚАРОЛИК ЖАМИЯТИ ИНСТИТУТЛАРИ ДАВЛАТ ТОМОНИДАН ЯНАДА
personmaftuna 15-12-24, 18:16“Фуқаролик жамияти институтларини давлат томонидан қўллаб-қувватлаш тизимини янада такомиллаштириш чора-тадбирлари...
BILASIZMI?
personmaftuna 24-03-24, 17:15Qonunchilikka ko'ra, ota-onalar yoki ularning o'rnini bosuvchi shaxslar tomonidan voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalash...