IJRO ISHINI YURITISH YANADA TAKOMILLASHTIRILADI
Ijro ishini yuritish yanada takomillashtiriladi.
Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O'RQ-947-son, 28.08.2024-y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritildi.
Qonun bilan “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risida”gi Qonuniga iste'mol qilingan elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun majburiy to'lovlarni undirish to'g'risidagi ariza vakolatli organga yoki mansabdor shaxsga berilguniga kadar qarzdor jismoniy shaxs energiya resurslari tarmoqlaridan uzilganligini tasdiqlovchi hujjatlar ijro hujjatlariga ilova qilinishi kerak ekanligi haqidagi talab kiritilmoqda.
Ushbu talab bajarilmagan taqdirda, davlat ijrochisi ijro hujjatini qaytaradi.
Shuningdek, qarzdor jismoniy shaxslardan pochta xarajatlarini undirish to'g'risidagi sud hujjatlariga nisbatan ijro ishini yuritishning soddalashtirilgan tartibi qo'llaniladi.
Bundan tashqari Fuqarolik prosessual kodeksiga kiritilgan qo'shimchaga ko'ra, iste'mol qilingan elektr energiyasi yoki tabiiy gaz uchun qarzdorlikni undirish haqidagi sud buyrug'ini berish to'g'risidagi arizaga iste'molchi bilan tuzilgan shartnoma, penya hisoblanishi haqidagi va iste'molchini tegishli energiya resurslari tarmoqlaridan uzish to'g'risidagi ogohlantirish ko'rsatilgan, qarzni to'lash haqidagi talab, ushbu talab iste'molchiga yuborilganligini tasdiqlovchi hujjat ilova qilingan holda, shuningdek iste'molchi tegishli energiya resurslari tarmoqlaridan uzilganligini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinishi kerakligi to'g'risida talab kiritilmoqda.
X.MATKARIMOV,
Yangiariq tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
DAVLAT IJTIMOIY BUYURTMALARI HAQIDAGI E’LONLAR DAVLAT
personmaftuna 15-05-24, 01:39O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 25.03.2024-yildagi VMQ-152-sonli “Ijtimoiy sheriklik me х anizmlarining...
TA’MINLANGAN KREDITLAR BOʻYICHA TALABLARNI QONDIRISH TIZIMI
personmaftuna 15-05-25, 11:25Prezident tomonidan 22.04.2025-yildagi "Kreditorlarning garov bilan ta’minlangan talablarini qanoatlantirish tizimi...
KIMLARGA ХATLANGAN MOL-MULKNI REALIZATSIYA QILISHGA RUХSAT
personmaftuna 21-03-24, 11:34Vazirlar Mahkamasining 20.01.2024-yildagi 39-son qarori bilan “Ijro hujjatlari boʻyicha х atlangan mol-mulkni...