BILIB OLING
Avtomobil transportida yo‘lovchilarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo, xalqaro, shuningdek yuklarni xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyatini litsenziyalash jarayonini yanada soddalashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Murojaatchilar Ushbu qaror bilan tasdiqlangan ma’muriy reglamentga muvofiq yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar ko‘rsatiladigan davlat xizmatlaridan foydalanish uchun faqat davlat xizmatlari markazlari, O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) yoki “Litsenziya” axborot tizimi (keyingi o‘rinlarda — “Litsenziya” AT) orqali murojaat qiladilar;
Davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi rahbarlari ushbu qarorda nazarda tutilgan vazifalar o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradilar.
Litsenziya berish, shuningdek, qonun hujjatlarida belgilangan hollarda litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish yoki to‘xtatish, shuningdek, uni bekor qilish va qayta rasmiylashtirish O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar transport boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda litsenziyalovchi organlar deb ataladi) tomonidan tegishli qarorlar qabul qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan (keyingi o‘rinlarda — Vazirlik) — yo‘lovchilarni va yuklarni xalqaro tashish bo‘yicha litsenziya/litsenziya varaqalarini berish, ularning amal qilishini to‘xtatib turish yoki to‘xtatish, shuningdek, bekor qilish va qayta rasmiylashtirish amalga oshiriladi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar transport boshqarmalari tomonidan — yo‘lovchilarni shahar, shahar atrofi, shaharlararo tashish bo‘yicha litsenziyalar/litsenziya varaqalarini berish, ularning amal qilishini to‘xtatib turish yoki to‘xtatish, shuningdek, bekor qilish va qayta rasmiylashtirish amalga oshiriladi;
Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi va uning hududiy bo‘linmalari (keyingi o‘rinlarda — nazorat qiluvchi organlar) mazkur Reglamentga 7 va 8-ilovalarda belgilangan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qiladi hamda huquqbuzarlarga berilgan litsenziya/litsenziya varaqalarining amal qilishini to‘xtatib turish yoki to‘xtatish, shuningdek, ularni bekor qilish yuzasidan litsenziyalovchi organlarga taqdimnoma kiritadi;
Avtomobil transportida yo‘lovchilarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo, xalqaro, shuningdek yuklarni xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish huquqi uchun ushbu Reglamentga muvofiq namunaviy (oddiy) litsenziyalar beriladi;
Litsenziya varaqalari bilan ta’minlanmagan avtomobil transporti vositasidan foydalangan holda, tijorat asosida yo‘lovchi tashishga, shuningdek, yuklarni xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashishga yo‘l qo‘yilmaydi. Ushbu holatlar yuzasidan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan huquqiy ta’sir choralari qo‘llaniladi.
Quyidagilar litsenziya/litsenziya varaqalarini berishni rad etish uchun asos hisoblanadi:
litsenziya/litsenziya varaqasini berish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarning (ma’lumotlar) ariza beruvchi tomonidan to‘liq bo‘lmagan hajmda taqdim etilganligi;
ariza beruvchining litsenziya talablari hamda shartlariga muvofiq emasligi;
qonunchilikda nazarda tutilgan faoliyat turlari uchun bir yil muddatga litsenziyani olish yoki sudning qaroriga (hukmiga) asosan shaxsga nisbatan muayyan faoliyat turi bilan shug‘ullanish taqiqlanganligi;
ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda noto‘g‘ri yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlar mavjudligi.
Litsenziya varaqalarini berishni boshqa asoslarda rad etish qat’iy taqiqlanadi.
Ariza beruvchi litsenziya berish rad etilishi to‘g‘risidagi qaror, shuningdek, litsenziyalovchi organ mansabdor shaxsining xatti-harakati (harakatsizligi) ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega hisoblanadilar.
Y.XO‘JAMURATOVA,
Yangiariq tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
MAHALLALARDA FUTBOL LIGASI OʻTKAZILADI
personmaftuna 05-05-24, 12:25O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 20.03.2024-yildagi PQ-136-sonli Mahallalarda futbol ingfratuzilmasini...
PORA OLISH-BERISHDA VOSITACHILIK QILISH
personmaftuna 19-01-24, 17:32Pora olish-berishda vositachilik qilish, ya’ni pora olish yoki berish xususidagi kelishuvga erishishga qaratilgan...
ДАВЛАТ ОРГАНЛАРИ РАҲБАРЛАРИНИНГ ФАОЛИЯТИ ҚАНДАЙ БАҲОЛАНАДИ
personmaftuna 25-04-24, 02:32Президентнинг 13.03.2024 йилдаги ПФ-49-сонли “Республика ва маҳаллий ижро этувчи ҳокимият органлари ҳамда хўжалик...