BILASIZMI?
Ijtimoiy nafaqa oluvchi o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz shaxslarga kompensatsiya to‘lovi joriy etilgan. Bunda, ijtimoiy nafaqa oluvchi o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz shaxslar uchun har oylik kompensatsiya to‘lovi — pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorining 45 foizi miqdorida (156 ming 150 so‘m) to‘lanadi.
Shuningdek, yoshi 100 ga to‘lgan va undan oshgan ijtimoiy nafaqa oluvchi shaxslar uchun har oyda — pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorining 100 foizi (347 ming so‘m) miqdorida qo‘shimcha to‘lov belgilangan. Bunda, 100 yoshga to‘lgan va undan oshgan fuqarolar nafaqasiga har oyda to‘lanadigan qo‘shimcha to‘lov pensiya va nafaqa tayinlagan tashkilot orqali moliyalashtiriladi.
Kompensatsiya to‘lovi, uni olish huquqiga ega bo‘lgan barcha imtiyozli toifadagi shaxslarga, ushbu shaxslarning pensiya (ijtimoiy nafaqa) olishi yoki olmasligi hamda mehnat faoliyatini olib borishi yoki olib bormasligidan qat’i nazar to‘lab boriladi
J.ABDUKARIMOV,
Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
AHOLINI IJTIMOIY QOʻLLAB-QUVVATLASH TIZIMI TOʻLIQ
personmaftuna 10-02-25, 01:52Vazirlar Mahkamasining 27.12.2024-yildagi 897-son qarori bilan aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashda "ijtimoiy karta"...
PEDAGOGLARNI RAG‘BATLANTIRISH
personmaftuna 28-09-24, 01:03Kasbiy faoliyatda yuqori natijalarga erishganligi uchun pedagoglar “Davlat mukofotlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston...
САВОЛ БЕРИНГ ЖАВОБ БЕРАМИЗ
personmaftuna 27-03-24, 00:04Ходим 1 йиллик ҳарбий хизматга кетса, унинг ўрнига олинган ходим билан муддатли меҳнат шартномаси тузиладими, аввалги...