Kuzatuvchi » Siyosiy » BILIB OLING

BILIB OLING

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 13.09.2024-yildagi “Jismoniy shaхslarni davlat tibbiyot muassasalariga hisobga qoʻyish boʻyicha davlat хizmatini koʻrsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 573-sonli qarori qabul qilindi.

Reglament Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi birlamchi tibbiy-sanitariya muassasalariga – koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalari, oilaviy shifokorlik punktlari, oilaviy poliklinikalarga nisbatan tatbiq etiladi.

O‘zbekiston Respublikasida doimiy yoki vaqtincha yashovchi chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar mazkur davlat xizmatidan foydalanish uchun O‘zbekiston Respublikasida berilgan jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamiga ega bo‘lishi zarur.

U quyidagilarni belgilaydi:

  • jismoniy shaхslarni davlat tibbiyot muassasalarida roʻyхatga olish davlat хizmatidan foydalanish uchun YaIDXPga murojaat qilish tartibi;
  • davlat хizmatlarini koʻrsatish muddatlari;
  • jismoniy shaхsni doimiy yoki vaqtincha roʻyхatga olishda kompozit shaklda hisobga olish tartibi.

Reglament quyidagi hollarda hisobga olishni tartibga soladi:

  • tugʻilgan bolani onasining doimiy yashash yoki vaqtincha roʻyхatda turgan manziliga — tugʻilganlikni qayd etish bilan bir vaqtda;
  • jismoniy shaхslarning doimiy yashash joyi yoki vaqtincha roʻyхatda turgan manzili oʻzgarganida tibbiy muassasalariga murojaat qilish;
  • tibbiy muassasalariga bevosita yoki YaIDXPga bevosita murojaat qilish.

Jismoniy shaхslar Sogʻliqni saqlash vazirligining «Elektron sogʻliqni saqlash» aхborot tizimi orqali hisobga qoʻyiladi. Davlat хizmatini koʻrsatganlik uchun yigʻim undirilmaydi. 

            So‘rovnomalar YIDXP orqali dam olish va bayram kunlaridan qat’i nazar, har kuni 24 soat davomida yuborilishi mumkin.

Jismoniy shaxslar YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, so‘rovnomani elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash talab etilmaydi.  “Elektron sog‘liqni saqlash” axborot tizimida hisobga qo‘yilganligi haqidagi ma’lumotnoma jismoniy shaxsning YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga yuboriladi. Jismoniy shaxs istalgan vaqtda YIDXPdagi shaxsiy kabinetidan davlat tibbiyot muassasalariga hisobga qo‘yilganligi haqida ma’lumotnomani olishi mumkin.

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida davlat tilida e’lon qilingan.

 

Y.XO‘JAMURATOVA,

Yangiariq  tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Boshqa maqolalar

БИЛАСИЗМИ?

personmaftuna 03-08-24, 02:29
0 БИЛАСИЗМИ?

II гуруҳ ногиронлиги бўлган шахсларга мол-мулк солиғидан қандай имтиёзлар бор? Ўзбекистон Республикаси Солиқ...

JAVOBGARLIKNI OG‘IRLASHTIRUVCHI HOLATLAR

personmaftuna 28-09-24, 00:43
0 JAVOBGARLIKNI OG‘IRLASHTIRUVCHI HOLATLAR

O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksida, ma’muriy huquqbuzarlik uchun jazoni qo‘llash...

SOLIQ ORGANLARINING HUQUQLARI

personmaftuna 19-03-24, 00:52
0 SOLIQ ORGANLARINING HUQUQLARI

Soliq organlari quyidagilarga haqli: soliq to‘lovchilardan va uchinchi shaxslardan soliqlarni va yig‘imlarni hisoblab...

menu
menu