Kuzatuvchi » Siyosiy » BILIB OLING

BILIB OLING

“O‘zbekiston Respublikasida 2024–2030 yillarda davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Qarori (PQ-308-son 30.08.2024-y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, quyidagilar tasdiqlandi:

2024–2026 yillarda ustuvor davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar;

2024–2030 yillarda davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshiriladigan loyihalar dasturi.

Bunda quyidagilar inobatga olinadi:

yirik shaharlar o‘rtasida qulay va tezkor avtomobil qatnovi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish maqsadida kamida 1 000 km zamonaviy pullik magistral avtomobil yo‘llarini qurish va modernizatsiya qilish, shu jumladan Toshkent–Samarqand yo‘lini qurish ishlarini 2024-yilda hamda Toshkent–Аndijon yo’lini 2026-yilda boshlash;

-yillik energiya yo‘qotishlarini kamida ikki baravar pasaytirishni belgilagan holda barcha hududlarda elektr taqsimlash tarmoqlarini 2027-yil 1-iyulga qadar, tabiiy gaz taqsimlash tarmoqlarini esa 2027-yil yakuniga qadar xususiy operatorlarga topshirishni nazarda tutuvchi shartnomalarni imzolash;

-yiliga qo‘shimcha 30 foizgacha elektr energiyasini tejash maqsadida 2028-yilga qadar barcha ma’nan eskirgan irrigatsiya nasos stantsiyalarini modernizatsiya qilish bo’yicha kelishuvlarga erishish;

-toza va doimiy ichimlik suvi bilan ta’minlash qamrovini 87 foizga, markazlashgan oqova suv ta’minoti qamrov darajasini 30 foizgacha oshirishni nazarda tutgan holda 2028-yil yakuniga qadar har bir hududda ichimlik va oqova suv tarmoqlarini modernizatsiya qilish va boshqaruvga berish uchun xususiy kompaniyalarni jalb qilish;

-400 mingdan ortiq o‘quvchilar sig‘imiga ega zamonaviy ta’lim muassasalari hamda 300 mingdan ortiq tarbiyalanuvchilar sig‘imiga ega maktabgacha ta’lim muassasalarini tashkil qilish maqsadida 2026-yildan boshlab davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida har yili kamida 100 ta maktab va 100 ta maktabgacha ta’lim muassasalarini qurish va boshqarishni tashkil etish;

-ilg‘or texnologiyalarga asoslangan tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida 100 mingdan ortiq bemorlarga xizmat ko‘rsatuvchi ko‘p tarmoqli shifoxonalarni qurish va ularni xususiy operatorlar boshqaruviga berish.

 

Y.XO‘JAMURATOVA,

Yangiariq  tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Boshqa maqolalar

ҚАЛБАКИ ПУЛ ЯСАГАНЛИК УЧУН ЖИНОИЙ ЖАВОБГАРЛИК БЕЛГИЛАНГАН

personmaftuna 27-12-24, 16:31
0 ҚАЛБАКИ ПУЛ ЯСАГАНЛИК УЧУН ЖИНОИЙ ЖАВОБГАРЛИК БЕЛГИЛАНГАН

Жиноят кодексининг 176-моддасида Қалбаки пул, акциз маркаси ёки қимматли қоғозлар ясаш, уларни ўтказиш га кўра, ўтказиш...

MEHNAT SHARTNOMASI BEKOR QILINGANDA XODIM BILAN HISOB-KITOB

personmaftuna 25-06-24, 19:49
0 MEHNAT SHARTNOMASI BEKOR QILINGANDA XODIM BILAN HISOB-KITOB QILINISHI

Ish beruvchi tomonidan xodimga tegishli bo‘lgan barcha summalarni to‘lash xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan...

YOʻLOVCHI BOJХONA DEKLARATSIYASINING SHAKLI VA MAZMUNI

personmaftuna 19-05-25, 01:50
0 YOʻLOVCHI BOJХONA DEKLARATSIYASINING SHAKLI VA MAZMUNI OʻZGARTIRILDI

Iqtisodiyot va moliya vazirining "Yoʻlovchi boj х ona deklaratsiyasini toʻldirish va rasmiylashtirish tartibi...

menu
menu