Kuzatuvchi » Siyosiy » TA’LIM KREDITINI MY.GOV.UZ ORQALI OLISH MUMKIN

TA’LIM KREDITINI MY.GOV.UZ ORQALI OLISH MUMKIN

Qonunchilikka ko‘ra, 2024/2025 o‘quv yilidan oliy va professional ta’lim tashkilotlarining talaba va o‘quvchilariga ta’lim kreditlari quyidagilarni nazarda tutgan holda ajratiladi:

-oliy va professional ta’lim tashkilotlarida tahsil olish uchun ta’lim krediti faqat kunduzgi ta’lim shaklida o’qiyotgan talaba va o‘quvchilarga ajratiladi;

ta’lim krediti:

-oliy ta’lim tashkilotlarining birinchi bosqich talabalari hamda professional ta’lim tashkilotlari o‘quvchilari uchun to‘lov-kontrakt summasi miqdorida;

-oliy ta’lim tashkilotlarining ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun fanlarni o’zlashtirishning o’rtacha ko’rsatkichi “3” dan past  bo’lgan taqdirda to‘lov-kontrakt summasining ko‘pi bilan 80 foizi miqdorida ajratiladi.

Bunda ta’lim krediti:

-OTM talabalari uchun – talabalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar “Talabalarga shartnoma asosida ko‘rsatiladigan xizmatlar hisobini yuritish” (kontrakt.edu.uz) axborot tizimi va “Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish” (HEMIS) axborot tizimida mavjud bo‘lganda;

-professional ta’lim tashkilotlari o‘quvchilari uchun – o‘quvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar “Professional ta’lim jarayonlarini boshqarish” (prof.edu.uz) axborot tizimida mavjud bo‘lganda ajratiladi.

 

Y.XO‘JAMURATOVA,

Yangiariq  tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Boshqa maqolalar

UMUMIY SAYLOV HUQUQI NIMA U?

personmaftuna 28-06-24, 17:16
0 UMUMIY SAYLOV HUQUQI NIMA U?

O’zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 9-moddasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qonunchilik palatasi...

“MAHALLA YETTILIGI”

personmaftuna 28-03-24, 01:57
0 “MAHALLA YETTILIGI”

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-martdagi 137-son qarori bilan tasdiqlangan Hokim...

DIVIDENDLARNI INVESTITSIYA VOSITACHILARI ORQALI TOʻLASH

personmaftuna 05-08-24, 17:38
0 DIVIDENDLARNI INVESTITSIYA VOSITACHILARI ORQALI TOʻLASH TARTIBI BELGILANDI

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining “Qimmatli qogʻozlar daromadlari (dividendlar, foizlar) toʻlovlarini...

menu
menu