Kuzatuvchi » Siyosiy » MAKTABLARDA HUQUQ SINFLARI TASHKIL QILINADI

MAKTABLARDA HUQUQ SINFLARI TASHKIL QILINADI

Maktablarda Huquq sinflari tashkil qilinadi.

“Davlat ta'lim muassasalarida yuridik ta'limning uzluksiz tizimini joriy etish hamda voyaga yetmagan yoshlarning huquqiy madaniyati va savodxonligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Hukumat qarori (532-son, 27.08.2024-y.) qabul qilindi.

Unga ko'ra, 2024/2025-o'quv yilidan bosqichma-bosqich umumiy o'rta ta'lim muassasalarida “Davlat va huquq asoslari” fani chuqurlashtirib o'qitiladigan variativ o'quv rejalari asosida zamonaviy ko'rgazmali o'qitish vositalari bilan ta'minlangan “Huquq sinflari” tashkil etiladi.

Umumta'lim muassasalari huquq fanidan dars beradigan oliy yuridik ma'lumotga ega bo'lmagan pedagog xodimlarni bepul asosda 2026-yil yakunigacha bosqichma-bosqich yuridik mutaxassislik bo'yicha qayta tayyorlanadi.

Huquq fanidan dars beradigan pedagog xodimlarning malakasini oshirib borish maqsadida 2024-yil 1-noyabrgacha uzluksiz kasbiy rivojlantirish platformasi yaratiladi.

2024/2025-o'quv yilidan umumta'lim muassasalarida “Davlat va huquq asoslari” fanidan dars beradigan pedagog xodimlar uchun “Eng yaxshi huquq o'qituvchisi” respublika ko'rik tanlovi o'tkaziladi.

“Huquq sinfi”ga o'quvchilar “Davlat va huquq asoslari” faniga qiziquvchi 8-sinf o'quvchilari orasidan saralab olinadi.

2024/2025-o'quv yilidan boshlab “maktab-lisey-texnikum-universitet” uzluksiz ta'lim tizimi asosida akademik liseylarni muvaffaqiyatli tugatgan o'quvchilar test sinovlarisiz to'g'ridan-to'g'ri yuridik texnikumlarga qabul qilinadi.

 

Y.XO‘JAMURATOVA,

Yangiariq  tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Boshqa maqolalar

DUNYOVIY DAVLATDA UMUMJAMIYAT MANFAATLARI VA VIJDON

personmaftuna 28-04-25, 13:04
0 DUNYOVIY DAVLATDA UMUMJAMIYAT MANFAATLARI VA VIJDON ERKINLIGI UYG'UNLIGI TA'MINLANADI

Konsepsiyaga ko'ra, dunyoviy davlatda umumjamiyat manfaatlari quyidagilarni qamrab oladi, jumladan: har bir insonning...

BOLALAR UCHUN KUNDUZGI PARVARISH ХIZMATI QANDAY TASHKIL

personmaftuna 19-05-25, 23:26
0 BOLALAR UCHUN KUNDUZGI PARVARISH ХIZMATI QANDAY TASHKIL QILINADI?

Vazirlar Mahkamasining 27.02.2025-yildagi "Nogironligi boʻlgan bolalar uchun kunduzgi parvarish х izmatini tashkil...

HIMOYA ORDERINI BERISH SODDALASHTIRILDI

personmaftuna 25-09-24, 00:05
0 HIMOYA ORDERINI BERISH SODDALASHTIRILDI

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 26.08.2024-yildagi "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim...

menu
menu