Kuzatuvchi » Siyosiy » NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARNING ODIL SUDLOVDAN FOYDALANISHGA BO‘LGAN HUQUQLARINI TA’MINLASH UCHUN QO‘SHIMCHA SHAROITLAR YARATILADI

NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARNING ODIL SUDLOVDAN FOYDALANISHGA BO‘LGAN HUQUQLARINI TA’MINLASH UCHUN QO‘SHIMCHA SHAROITLAR YARATILADI

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ-955-son, 05.09.2024-y.) bilan “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi Qonunga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi

Qonunga kiritilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlarga ko‘ra:

- Davlat nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun boshqalar bilan teng ravishda odil sudlovdan foydalanish imkoniyatini ta’minlaydi, shu jumladan sud protsessining barcha bosqichlarida, shuningdek surishtiruv va dastlabki tergov bosqichlarida nogironligi bo‘lgan shaxslarning qonunda belgilangan tartibda bevosita yoki bilvosita ishtirok etishini ta’minlashga qaratilgan choralarni ko‘radi.

-Nogironligi bo‘lgan shaxslarning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida bevosita yoki o‘z vakillari orqali ishtirok etishi, shu jumladan qonunda belgilangan tartibda saylash va saylanish, referendumlarda ishtirok etish huquqi ta’minlanadi.

- Davlat saylov uchastkalarida (referendum uchastkalarida) nogironligi bo‘lgan shaxslarning barcha toifalari, shu jumladan eshitish, ko‘rish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan, o‘rindiqli aravachalardan foydalanuvchi shaxslar ovoz berishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini ta’minlaydi.

Bundan tashqari, Qonun nogironligi bo‘lgan shaxslar bilan muloqot qilish uchun qulay muloqot shakllarini, shuningdek ijtimoiy infratuzilma ob’ektlarini nogironligi bo‘lgan shaxslarning ularga moneliksiz kirishi uchun moslashtirish asoslarini belgilovchi normalar bilan to’ldirilmoqda.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

 

Y.XO‘JAMURATOVA,

Yangiariq  tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Boshqa maqolalar

O‘ZBOSHIMCHALIK BILAN QURILGAN IMORATLARGA MULK HUQUQI

personmaftuna 17-12-24, 11:00
0 O‘ZBOSHIMCHALIK BILAN QURILGAN IMORATLARGA MULK HUQUQI QANDAY BELGILANADI?

Kadastr agentligining bergan ma’lumotlariga ko‘ra, Huquqlarni e’tirof etish hududlar bo‘yicha bosqichma-bosqich amalga...

“O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA 2024–2030 YILLARDA

personmaftuna 26-12-24, 15:03
0 “O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA 2024–2030 YILLARDA DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIKNI RIVOJLANTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO'G'RISIDA”GI PREZIDENT QARORI (PQ-308-SON 30.08.2024-Y.) QABUL QILINDI

2024–2026-yillarda ustuvor davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish bo'yicha chora-tadbirlar;...

TA’LIM VA TARBIYA

personmaftuna 27-01-24, 05:18
0 TA’LIM VA TARBIYA

Taraqqiyotning tamal toshi ham, mamlakatni qudratli, millatni buyuk qiladigan kuch ham ilm-fan, ta’lim va tarbiyadir....

menu
menu