TALABA BOʻLISH ISTAGIDAGI XOTIN-QIZLAR SHOSHILING: OILA VA XOTIN-QIZLAR QOʻMITASIDAN TAVSIYANOMA OLISH UCHUN ARIZALAR QABULI BOSHLANDI
Hukumat qaroriga muvofiq mutaxassisligi boʻyicha kamida 5 yil mehnat staji mavjud, biroq oliy maʼlumotga ega boʻlmagan xotin-qizlar davlat oliy taʼlim muassasalariga alohida qabul parametrlari (jami 500 ta kvota) doirasida toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilinishi belgilangan.
Ushbu imtiyozdan foydalanmoqchi boʻlgan xotin-qizlar Oila va xotin-qizlar qoʻmitasining tavsiyanomasiga ega boʻlishlari lozim.
Tavsiyanoma olish uchun talabgorlar quyidagi mezonlarning barchasiga muvofiq kelishi kerak:
➖ oʻrta maxsus yoki professional taʼlim boʻyicha mutaxassislikka ega boʻlishi (kollej, texnikum diplomiga ega bo‘lishi);
➖ tavsiyanoma olgunga qadar oliy taʼlim olmaganligi yoki olmayotganligi (davlat va nodavlat oliy taʼlim muassasalarida o‘qimayotgan bo‘lishi kerak);
➖oʻrta maxsus yoki professional taʼlim mutaxassisligi boʻyicha kamida besh yillik mehnat stajiga ega boʻlishi.
Talabgorlar joriy yilning 1-iyuniga qadar (shu kuni ham) ariza bilan doimiy yashash yoki vaqtincha roʻyxatda turgan joyidagi tuman (shahar) Ishchi guruhlariga murojaat etadilar va quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
➖fuqarolik pasporti yoki ID karta nusxasi;
➖mehnat daftarchasi (elektron mehnat daftarchasi)dan koʻchirma;
➖oʻrta-maxsus yoki professional taʼlim boʻyicha diplom.
Talabgorlar tomonidan taqdim etilgan ariza va hujjatlar tuman (shahar) Ishchi guruhlari tomonidan oʻrnatilgan tartibda 1-7-iyun kunlari koʻrib chiqiladi va tavsiyanoma berish yoki tavsiyanoma berishni rad etish toʻgʻrisida xulosa qabul qilinadi.
2022-hamda 2023-yillarda tavsiyanoma olgan, biroq oliy taʼlim muassasalarida talabalikka tavsiya etilmagan xotin-qizlarning tavsiyanomalari 2024-yilda ham amal qiladi.
Y.XO‘JAMURATOVA,
Yangiariq tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
YASHASH ERKINLIGI VA DAXLSIZLIK HUQUQI
personmaftuna 15-12-24, 17:53-qullikdan erkin bo‘lish; qiynash yo shafqatsiz, g‘ayri insoniy muomala qilishning yoki jazolashning taqiqlanishi; -...
QISHLOQ XO’JALIGIGA MO’LJALLANGAN YERLARGA IJARA HUQUQINI
personmaftuna 31-01-24, 02:13Prezidentning 18.01.2024-yildagi PF-15-sonli “Qishloq xoʼjaligiga moʼljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish...
ADLIYA ORGANLARI TIZIMIDA KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH
personmaftuna 25-09-25, 22:35Agar siz adliya organlari va muassasalarida korruptsiyaga duch kelsangiz, adliya organlariga xabar bering! Bunda Adliya...