Kuzatuvchi » Siyosiy » INTIZOMIY JAZO CHORALARI HAQIDA HUQUQIY MA’LUMOT

INTIZOMIY JAZO CHORALARI HAQIDA HUQUQIY MA’LUMOT

Mehnat intizomini buzganligi uchun ish beruvchi xodimga quyidagi intizomiy jazo choralarini qo‘llashga haqli:

1) hayfsan;

2) o‘rtacha oylik ish haqining o‘ttiz foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda jarima. Ichki mehnat tartibi qoidalarida xodimga o‘rtacha oylik ish haqining ellik foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda jarima solinishi hollari nazarda tutilishi mumkin. Xodimning ish haqidan jarimani ushlab qolish ish beruvchi tomonidan Mehnat kodeksining 269 va 270-moddalari talablariga rioya etgan holda amalga oshiriladi;

3) mehnat shartnomasini bekor qilish (Mehnat kodeksi 161-moddasi ikkinchi qismining 4 va 5-bandlariga asosan).

Mehnat kodeksida, boshqa qonunlarda, intizom to‘g‘risidagi ustavlar yoki nizomlarda nazarda tutilmagan intizomiy jazo choralarini qo‘llashga yo‘l qo‘yilmaydi.

 

Y.XO‘JAMURATOVA,

Yangiariq  tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Boshqa maqolalar

“TADBIRKORLAR BILAN OCHIQ MULOQOT” ELEKTRON PLATFORMASI

personmaftuna 23-06-24, 23:46
0 “TADBIRKORLAR BILAN OCHIQ MULOQOT” ELEKTRON PLATFORMASI ISHGA TUSHIRILADI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 30.05.2024-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan...

ALIMЕNTNI O‘TGAN VAQT UCHUN HAM UNDIRSA BO‘LADIMI ?

personmaftuna 21-03-24, 10:09
0 ALIMЕNTNI O‘TGAN VAQT UCHUN HAM UNDIRSA BO‘LADIMI ?

SAVOL; Men turmush o‘rtog‘im bilan 4 yildan beri birga yashamayman. O‘tgan vaqt mobaynida men aliment undirish uchun...

MILLIY VAQT SHKALASI JORIY ETILMOQDA

personmaftuna 29-09-24, 22:29
0 MILLIY VAQT SHKALASI JORIY ETILMOQDA

Mehmonхonalarga imkoniyati cheklangan shaхslar uchun sharoit yaratishga subsidiyalar ajratiladi Vazirlar Mahkamasining...

menu
menu