XIZMAT TEKSHIRUVI HAQIDA HUQUQIY MA’LUMOT
Xizmat tekshiruvi xodim tomonidan intizomiy qilmish sodir etilganligi faktini, uning sodir etilishida xodimning aybini, xodim tomonidan intizomiy qilmish sodir etilishiga imkon bergan sabablar va shart-sharoitlarni, ish beruvchiga yetkazilishi mumkin bo‘lgan moddiy zararning xususiyati va miqdorini aniqlash maqsadida amalga oshiriladigan tekshirishdir.
Xizmat tekshiruvi o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun ommaviy axborot vositalarining xabarlari, xodimning bevosita rahbarining bildirgisi, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari hamda xodim tomonidan intizomiy qilmish sodir etilgan deb taxmin qilish uchun asos beradigan boshqa ma’lumotlar asos bo‘ladi.
Ish beruvchi xizmat tekshiruvi o‘tkazish haqida qaror qabul qilishga haqli. Xizmat tekshiruvi o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror tegishli buyruq bilan rasmiylashtiriladi.
Y.XO‘JAMURATOVA,
Yangiariq tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
SIYOSIY QATAGʻON QURBONLARINING ХOTIRASINI ABADIYLASHTIRISH
personmaftuna 12-08-24, 23:12Prezidentning 19.07.2024-yildagi “Siyosiy qatagʻon qurboni boʻlgan yurtdoshlarimizning hayoti va faoliyatini oʻrganish,...
BILASIZMI?
personmaftuna 24-07-24, 01:53Er va xotinning nikoh davomida orttirgan mol-mulklari ularning birgalikdagi umumiy mulki hisoblanadi. Shunga ko'ra,...
AGTKSH UCHUN QOʻSHIMCHA TALABLAR BELGILANDI
personmaftuna 05-08-24, 20:25Hujjat tabiiy gaz resurslaridan oqilona foydalanish hamda siqilgan gazni avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor...