Kuzatuvchi » Siyosiy » XODIMGA QANDAY HOLLARDA KOMPENSATSIYA TO’LOVLARI TO’LANISHI MUMKIN?

XODIMGA QANDAY HOLLARDA KOMPENSATSIYA TO’LOVLARI TO’LANISHI MUMKIN?

Ish beruvchi quyidagi hollarda xodimga uning o‘z mehnat majburiyatlarini bajarishi bilan bog‘liq xarajatlarni kompensatsiya qilishi shart:

xizmat safarlarida bo‘lganda;

sayyor va ko‘chib yurish xususiyatiga ega ishlarda, shuningdek dala sharoitlarida yoki vaxta usulida ishlaganda;

ish beruvchi bilan oldindan kelishuvga ko‘ra boshqa joydagi ishga ko‘chib o‘tganda;

ish beruvchining yo‘llanmasi bilan kasbiy tayyorgarlikdan, qayta tayyorlash, malaka oshirish va stajirovkadan o‘tganda;

ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa yoki kasb kasalligi natijasida xodim vaqtincha mehnatga layoqatsiz bo‘lib qolganda;

xodim majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tganligi munosabati bilan;

xodim Mehnat kodeksi 234-moddasi birinchi va ikkinchi qismlariga muvofiq foydalanmagan yillik mehnat ta’tili uchun;

ish beruvchining tashabbusi bilan mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risida xodimni ogohlantirish muddati mutanosib pul kompensatsiyasi bilan almashtirilishi munosabati bilan.

 

Y.XO‘JAMURATOVA,

Yangiariq  tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Boshqa maqolalar

MADANIY MEROS AGENTLIGINING ILMIY-EKSPERT KENGASHI NIMA

personmaftuna 01-06-24, 02:08
0 MADANIY MEROS AGENTLIGINING ILMIY-EKSPERT KENGASHI NIMA BILAN SHUGʻULLANADI?

Vazirlar Mahkamasining 20.05.2024-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining Ilmiy-ekspert kengashi...

KREDIT BITIMINI TUZISH TAQIQLANGAN SHAXSLAR REESTRINI

personmaftuna 23-09-25, 23:56
0 KREDIT BITIMINI TUZISH TAQIQLANGAN SHAXSLAR REESTRINI YURITISH TARTIBI BELGILANDI

O‘zbekiston Respublikasining 20.08.2025-yildagi 522-sonli Hukumat qarori bilan “Jismoniy shaxslar to‘g‘risidagi...

OMMAVIY TARTIBSIZLIKLARNI AMALGA OSHIRISH MAQSADIDA

personmaftuna 19-05-25, 01:59
0 OMMAVIY TARTIBSIZLIKLARNI AMALGA OSHIRISH MAQSADIDA OʻQITISH UCHUN JAVOBGARLIK BELGILANDI

Prezident tomonidan 27.03.2025-yildagi OʻRQ-1051-son Qonun imzolandi, unga asosan Jinoyat kodeksiga ommaviy...

menu
menu